Prezidentning «Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020–2030 yillarga möljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi»gi qarori imzolandi.
Qarorga köra, qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020–2030 yillarga möljallangan strategiyasi doirasida 2020 yilda:
«Sohada davlat iştirokini kamaytiriş, investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş» yönalişida:
- 2020 yil 1 martdan paxta xomaşyosi va boşoqli don yetiştirişda band bölmagan maydonlarni tuproq-iqlim şaroitlari va bozor kon'yunkturasidan kelib çiqqan holda tumanlarni bosqiçma-bosqiç ixtisoslaştiriş tizimi joriy etiladi;
- Kreditlaş va suğurtalaş mexanizmini qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tarmoğining strutegik ustuvor yönalişlari hamda ehtiyojlariga mos ravişda takomillaştiriş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi.
- 2020 yil 1 aprelga qadar boşoqli don va paxtani qayta işlaş, resurs ta'minoti va xizmat körsatiş sohalaridagi davlat uluşlari mavjud korxonalarni xususiylaştiriş böyiça takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

















