Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqil vakolatlar beriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqil vakolatlar berish;

maktab, oliy o‘quv yurti, ilmiy muassasalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni birlashtiruvchi yaxlit tizimni shakllantirish;

maktab o‘quvchilari uchun matematika fanidan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish;

har bir tuman markazida matematika faniga ixtisoslashgan maktab tashkil qilish va o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustama haqi to‘lashni joriy etish;

xorijda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar va stajirovkalarga har yili 100 nafar olimlarni yuborish nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Innovatsiya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.