Siyosat köçasidan ötmagan yangi prezidentdan uning «Keçki kvartal» komediya tomoşasida Ukrainaning yuqori mansabdorlarini masxara qiladigan rollarini sevib tomoşa qilgani kabi xalqning umidi juda yuqori edi.

Aksariyat ukrainaliklar Zelenskiyni televizor ekranlaridan çiqib kelganday – «Xalq xizmatçisi» serialining qahramoni, sodda va unçalik ham savodli bölmagan, tarix fani öqituvçisi, vijdonli Vasiliy Goloberodko deb qabul qildi. Serialda u tasodifan Ukraina prezidenti etib saylanadi hamda mamlakatni muvaffaqiyat bilan boşqarib, farovonlikka yetaklaydi.

Öşanda saylovoldi tarğibotlarida bu öxşaşlikdan yangi prezidentning jamoasi ustalik bilan foydalangan. Zelenskiy özining prezident bölganiga 100 kun bölgani munosabati bilan ötkazilgan matbuot anjumanida öz faoliyati haqida tayinli gap gapirmaydi. Balki barça gapni u bilan «Xalq xizmatçisi» serialida boş vazir rolini öynagan aktyor özidan intervyu olganda gapirib bergan edi.

Zelenskiy prezidentlik vakolatini qabul qilib olar ekan, u serialdagidan köra mutlaqo jiddiyroq bölgan muammolarga duç keldi.

Mamlakatda şiddat bilan tarqalayotgan koronavirus epidemiyasi tufayli Zelenskiy Ukrainaga omonat krediti beriş uçun şartlar qöygan Xalqaro valuta fondiga serialdagi prezident Goloborodko singari munosib javob bera olmaydi. Şuningdek, serialdagi xayoliy prezidentga Minsk muloqotlarini qayta boşlaş haqida boş oğritiş yoki öz partiyasining mahalliy saylovlardagi natijalaridan xavotirlaniş kabi taşvişlar begona edi. Şunga qaramay, bugungi kunda Zelenskiy Ukraina siyosatçilarining maşhurlik reytingida yetakçi bölib qolmoqda. U Ukraina prezidenti sifatida faoliyat yuritib bir yil davomida nimalarga erişdi va mamlakatni qançalik özgartira oldi, quyida şu haqda batafsil.

Donbassdagi uruşni tugata olmadi, faqat asirlarni almaştirdi

Foto: Reuters

Garçi saylovoldi tarğiboti ketayotgan paytda «Öq otişni töxtatiş kerak» deb baland ovozda gapirgan bölsa ham Vladimir Zelenskiy Ukraina şarqidagi harbiy mojaroni töxtatişga muvaffaq böla olmadi.

Töğri, Donbassda bugun ayirmaçilarga qarşi keng kölamli harbiy amaliyotlar ötkazilmayapti. Ammo vaziyatga umumiy nazar solinsa front çiziği yaqinidagi hozirgi vaziyat, Minsk bitimlari imzolangandan keyingi beş yil davomida sodir bölgan vaziyatdan unçalik farq qilmaydi. Qisqasi, Zelenskiy Donbassdagi ayirmaçilar bilan özaro umumiy til topişa olmadi va hududda öq otiş hanuz töxtamadi.