Yadro fizikasi instituti xabariga köra, Zokirjon Kanokov 1956 yil 25 yanvarida Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida tavallud topgan. 1973 yil Toşkent davlat universitetining Fizika fakultetiga öqişga kirgan. 

Ilmiy faoliyatini 1978 yildan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida boşlagan. 1983-2012 yillar davomida Özbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida ilmiy xodim va pedagog, 1986-1987 yillarda Moskva davlat universitetida stajyor öqituvçi, 2012-2017 yillarda Milliy universiteti Fizika fakulteti «Nazariy va yadro fizikasi» kafedrasi mudiri, 2018 yildan hozirgaça FA Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasining mudiri lavozimida samarali faoliyat körsatib kelayotgan edi.

Zokijon Kanokov ilmiy faoliyati davomida Oçiq kvant sistemalar va nanosistemalarining harakat dinamikasini, Oğir ionlar töqnaşuvida vazmin yadrolarning qöşilişi va bölinişi jarayonlarini örganişga katta e'tibor berdi. Bu tadqiqotlar Rossiya Federatsiyasining Dubna şahrida joylaşgan Birlaşgan yadro tadqiqotlari instituti olimlari e'tiborini tortdi va uzoq yillar davomida hamkorlikda qilingan izlanişlarning asosi böldi. Hamkorlikda qurilgan yangi nazariy usullar dunyo miqyosida tan olingan. 

Z. Kanokov 80 dan ortiq ilmiy naşrlar, 60 dan ortiq maqolalar çop etgan. Özining ilmiy-pedogogik faoliyati davomida köplab öquv qöllanmalar muallifidir va Toşkent davlat universiteti Fizika fakultetida talabalarga yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasi, yadro modellari fanlaridan çuqur saboq berdi.