Pensiya jamg‘armasi: O‘zbekistonda qariyb 4 mln kishi pensiya va nafaqa oladi
Respublikada pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 52 ming nafarga ortdi.

Foto: Getty Images
2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 million 877 ming 200 nafarni (aholining 11,2 foizi) tashkil qilmoqda.
Pensiya jamg‘armasi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 52 ming nafarga (1,4 foiz) ko‘paygan.
Ayni paytda aholining:
- 2 million 881 ming 900 nafarini (74,3 foiz) yoshga doir pensiya;
- 390,1 ming nafarini (10,1 foiz) nogironlik pensiyasi;
- 192,8 ming nafarini (5 foiz) boquvchisini yo‘qotgan pensiya oluvchi oilalar;
- 412,4 ming nafarini (10,6 foiz) nafaqa oluvchilar tashkil qiladi.
«2021 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 33 ming nafarga, nogironlik pensiyasi oluvchilar soni 3,5 ming, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar 3,7 ming, yoshga doir nafaqa oluvchilar soni 3,4 ming nafar, nogironlik nafaqasi oluvchilar 7,1 ming nafar va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchi oilalar soni 1,3 ming nafarga ortdi», deyiladi ma'lumotda.
Aytilishicha, 2021 yil yanvar-mart oylarida 86,5 ming nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan. Shundan 55,5 ming nafariga yoshga doir pensiya, 7,5 ming nafariga nogiron shaxs sifatida pensiya, 5,6 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va 17,9 ming nafariga nafaqalar berila boshlangan.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistondagi o‘rtacha pensiya miqdori 810 ming 301 so‘mni, o‘rtacha nafaqa 460 ming 504 so‘mni tashkil etadi.
Eng kam pensiya va nafaqa miqdori esa 256 ming 675 so‘m qilib belgilangan.
Qayd etilishicha, bundan 30 yil ilgari – 1991 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2 million 159 ming nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich 2000 yilda 2 million 860 ming nafarni, 2010 yilda 3 million 70 ming nafarni, 2015 yilga kelib esa 2 million 948 ming nafarni tashkil etgan.
Avvalroq, 2021 yil 1 mart holati bo‘yicha umumiy aholining 3 million 864 ming 831 nafariga pensiya va nafaqa tayinlangani ma'lum qilingandi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchi erkaklar soni umumiy hisobning 43,2 foizini, ayollar esa 56,8 foizni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
Mavzuga oid

21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi

17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi

07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

20:56 / 20.10.2024