DSQ vakili moliyaviy jarimani hududlar imkoniyatidan kelib chiqib belgilash taklifiga munosabat bildirdi
Bugungi kunda korxonalarga soliq organlari tomonidan belgilanadigan moliyaviy jarima miqdori barcha hududlar uchun bir xil – 5 million so‘mni tashkil etadi. Hududlar imkoniyatidan kelib chiqib, moliyaviy jarima miqdorini tabaqalashtirish masalasiga DSQ rasmiysi munosabat bildirdi.
27 aprel kuni AOKAdagi matbuot anjumanida tadbirkor ijtimoiy tarmoqlar orqali moliyaviy jarima miqdorini hududlar imkoniyatidan kelib chiqib belgilash taklifini bildirdi.
Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, soliq organlari tomonidan korxonalarga qo‘llaniladigan moliyaviy jarima miqdori bir xil belgilangan. «Jarima miqdorini hududlar imkoniyatidan kelib chiqib diversifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘ri bo‘lmaydimi, axir Toshkent shahridagi korxonalar bilan chekka hududdagi korxonalar imkoniyati bir xil emas», deydi u.
DSQ tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Bahodir Abibullayevning ta'kidlashicha, har yili moliyaviy jarima miqdori soliq siyosatini belgilaganda Moliya vazirligi bilan birgalikda qabul qilinib, Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.
«Soliq kodeksida belgilangan moliyaviy jarima miqdori hozircha bir xil – besh million so‘m etib belgilangan. Agar takliflar bo‘ladigan bo‘lsa, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. To‘g‘ri, hamma hududning ham moliyaviy imkoniyati bir xil emas, ammo har bir hududga belgilangan moliyaviy jarima miqdorini ajratishning o‘zi noto‘g‘ri bo‘lgani sababli jarima bir xil etib belgilangan», – dedi u.
Soliq qo‘mitasi vakili Shavkat Turdiyevning qo‘shimcha qilishicha, qonunbuzilish holati sayyor tekshiruv jarayonida aniqlansa, 5 million so‘m jarima ko‘zda tutilgan, biroq soliq to‘lovchi qonunbuzilish holatini 10 kun ichida bartaraf qilsa, jarimaning yarmini, ya'ni 2,5 million so‘m to‘laydi.
Avvalroq, ijtimoiy soliq bo‘yicha qonunchilikka yangilik kiritilgani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:25 / 02.04.2025