«Özbekiston kino va teatr san'ati oğir judolikka uçradi. Özbekiston Respublikasi san'at arbobi, Özbekiston xalq artisti , mohir rejissyor va aktyor, talabçan ustoz va mehribon murabbiy Bahodir Yöldoşev uzoq davom etgan xastalik tufayli 76 yoşida bu yoruğ olamni tark etdi.

Sermahsul ijodiy faoliyati davomida «Mehnat şuhrati», «El-yurt hurmati», «Fidokorona xizmatlari uçun» ordenlari bilan taqdirlangan ustoz san'atkorning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yaşaydi.

Ustoz san'atkorning vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etamiz», deyiladi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Marhumni sönggi yölga kuzatiş marosimi uning tuğilgan qişloğida, Samarqand  viloyatining Kattaqörğon tumanidagi ota uyida ötkaziladi.

Bahodir Yöldoşev 1945 yilda Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahrida san'atkorlar oilasida tuğilgan. 1970 yilda Toşkent teatr va rassomlik institutini tugatgan. 1971–1974 yillarda Hamza nomidagi Özbek akademik drama teatrida rejissyor, 1974–1984 yillarda boş rejissyor bölib işlagan.

Köplab spektakllarga rejissyorlik qilgan Bahodir Yöldoşev aktyor sifatida Olçinbek («Olovli yöllar»), Muxtorov («Toğdagi uçraşuv»), Şerzod («Olmos kamar»), Sobirov («Oşpaz») kabi obrazlarni yaratgan.

Bahodir Yöldoşev Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi (1979), Özbekiston xalq artisti (1995) unvonlari bilan taqdirlangan.