Rasmiy relizga köra, musobaqalarda 18-30 yoş oraliğidagi yoşlardan iborat 7779 ta jamoa iştirok etdi.
Tuman, şahar va viloyat bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan eng kuçli 14ta jamoa 12-15 iyun kunlari Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida DXX raisi kubogida qatnaşdi.

12 iyun kuni qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi. Jamoalar 4ta guruhga bölingan holda, musobaqa ğolibligi uçun kuraşga kirişdi. Şuningdek, maxsus qur'a yordamida ularga Özbekiston futbolining nomdor mutaxassislari yordamçi murabbiy sifatida biriktirib berildi.
Turnir taşkilotçilaridan biri, Özbekiston professional futbol ligasi boş direktori Diyor Imomxöjayev turnir xususida öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Musobaqa juda yuqori saviyada taşkil etildi. Özbekistonda 16-30 yoşlar oraliğidagi yoşlarni özida qamrab olgan bu kabi keng kölamli musobaqalar kam. Har bir mahalla öz şa'nini himoya qilgani, keyinroq esa tuman va respublika bosqiçi bilan turnir davom ettirilgani, 60mingdan ziyod yoşlarning bir çempionat yölida kuraşga kirişgani juda xursand qildi.
Taşkiliy masalada qiyinçiliklar böldi. Lekin iştirokçilarning közlaridagi minnatdorlik hislari barça çarçoqlarimizni çiqarib yuboradi», – deydi ÖzPFL direktori.






Musobaqa yakunlariga köra, 1-örinni Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumani «Samarqand» MFY jamoasi, 2-poğonani Sirdaryo viloyati Guliston şahri «Taraqqiyot» MFY jamoasi, 3-örinni Jizzax viloyati Zomin tumani «Ğofur Ğulom»




























