Behzod Rahmatullayeviç Normatov Energetika vaziri örinbosari lavozimidan ozod etilib, «Öztransgaz» AJ boşqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu ma'lumotni vazirlikdagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

Behzod Normatov

Behzod Normatov muqaddam «Andijonneft» AJ boşqaruvi raisi bölgan, 2019 yil dekabrida Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan, 2020 yil aprelida Energetika vaziri Alişer Sultonovga örinbosar bölgandi.

U yangi lavozimda Uluğbek Sayidovni almaştirdi.

Behzod Normatov 2020 yil dekabrida Senat kengaşi majlisida hisobot beriş vaqtidagi nutqidagi xato tufayli tanqidga uçragan, senator Qutbiddin Burxonov uning hisobotidan qoniqiş bildirmagandi.

2016 yildan «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi örinbosari vazifasida işlagan Uluğbek Husanoviç Sayidov 2019 yil iyulidan buyon uşbu taşkilotga rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning işdan olinişi sababi hozirça ma'lum emas.

Uluğbek Sayidov