Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarga kontrakt pulini to‘lab bergan hokimliklar reytingi e'lon qilindi
«Talabaga madad» talaba-yoshlarning kontraktini to‘lab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng faol hokimliklar reytingi e'lon qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimligi eng ko‘p talabalarga moddiy ko‘mak ko‘rsatgan (242 nafar talabaga 662,7 mln so‘m). Eng ko‘p kontrakt miqdorini Navoiy shahri hokimligi to‘lagan (176 nafar talabaga 807,2 mln so‘m).
«Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tizimni tushunib, yoshlar bilan ishlashga harakat qilib, ularning muammolarini tinglagani, talabalarga ilm olishida ko‘mak bergani uchun ushbu hokimliklarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bu tizimni yanada takomillashtirish ustida ishlayapmiz, jarayon hali davom etadi», deya ma'lum qilgan Alisher Sa'dullayev.
Uning xabar berishicha, respublikadagi 6 ta tumanda «Talabaga madad» loyihasi doirasida murojaat qilgan talabalarning birortasiga kontrakt pullari to‘lab berilmagan. Bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi aytilgan.
Mavzuga oid
10:34 / 21.11.2025
Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
12:32 / 29.10.2025
Hokimlik xodimlari samaradorligi KPI asosida baholanadi
12:20 / 22.10.2025
1 yanvardan tajriba-sinov: tuman va shahar hokimliklari yangi tartibda ishlaydi
22:20 / 30.09.2025