“Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Mamlakat miqyosida daraxtzorlarni köpaytirişga qaratilgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi amalga oşiriladi.

Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriyning amal qilişi muddatsiz davrga uzaytirildi.

Moratoriy davrida amaldagi çeklov va majburiyatlar bilan birga qöşimça ravişda huquqbuzarlarga: moratoriy talablarini buzganlik uçun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga; daraxtlar va butalarni noqonuniy kesiş va şikastlantiriş bilan ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uçun undiriş summalari 2 baravarga oşirilgan holda qöllaniladi; moratoriy talablarini buzgan quriliş-pudrat taşkilotlarining “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir poğona pasaytiriladi. 

Bunda, darajasi bir poğona pasaytirilgan quriliş-pudrat taşkilotlari 1 yil mobaynida darajasini kötariş imkonidan mahrum böladi; darajasini bir poğonaga pasaytiriş imkoni bölmagan quriliş-pudrat taşkilotlari 1 yil muddatga quriliş-pudrat taşkilotlari elektron reytingidan töliq çiqarib taşlanadi; yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan bino va inşootlarni loyihalaştirişda ularga tutaş hududlar kökalamzorlaştiriş (daraxtlar, butalar, boşqa ösimliklar va nihollarni ekiş) maydonlari loyiha uçun ajratiladigan yer uçastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam bölişiga yöl qöyilmaydi (ekspluatatsiya muddatini ötab bölgan va ma’nan eskirgan bino va inşootlarni renovatsiya qiliş bundan mustasno).

Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesiş, kundakov qiliş, şikastlantiriş yoki yöq qilişni nazarda tutuvçi körsatmalarni öz içiga olgan hukumat farmoyişlari, bayonnomalar, yozma topşiriqlar, idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining körsatmalari va qarorlarini qabul qiliş qat’iyan taqiqlanadi.

2022 yil 1 apreldan aholi tomonidan Içki işlar vazirligi va Davlat ekologiya qömitasining maxsus axborot tizimiga yuborilgan, daraxtlar, butalar, boşqa ösimliklar va nihollarni qonunga xilof ravişda kesiş, kundakov qiliş, şikastlantiriş, yöq qiliş yoki boşqa joyga köçirib ötkaziş böyiça huquqbuzarliklar haqidagi fotosurat va videoyozuvlar maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosurat va videoyozuvlarga tenglaştiriladi hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda belgilangan tartibda körib çiqiladi.