Vazirlar Mahkamasining «2022 yilda turizm va madaniy meros obektlari infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning «2022–2024 yillarda Özbekistonning ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida 2022 yilda turizm va madaniy meros obektlari infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalar röyxati tasdiqlandi.
61 ta loyiha turizm obektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxşilaş, madaniy meros obektlarini restavratsiya, konservatsiya qiliş va obodonlaştiriş hamda madaniy-köngiloçar infratuzilmalarni rivojlantirişga yönaltirilgan.
2022 yilda uşbu maqsadlar uçun 262,8 mlrd söm ajratiladi. Xususan: turizm xizmatlari sohasiga – 29,4 mlrd söm; quyidagilarni rivojlantiriş va obodonlaştirişga:
- madaniy meros obektlarini – 117,3 mlrd söm;
- muzeylarni – 43 mlrd söm;
- turizm sohasidagi ta’lim muassasalarini – 73,1 mlrd söm.
Ikki oy muddatda 2022 yilda yangidan boşlanadigan loyihalar böyiça tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida tender hujjatlari ekspertizadan ötkaziladi, xarid qiliş tartib-taomillari yakunlanadi va tender ğoliblari bilan pudrat şartnomalari tuziladi.

















