Ijtimoiy tarmoqlarda Xöjayli tumanida ayol yoş bolalarini kaltaklab, xörlaşi aks etgan video tarqaldi. Şundan söng Içki işlar vazirligi holat böyiça ma’lumotlarni taqdim etib, jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

Qoraqalpoğiston IIV xodimi bilan suhbatda öz qizlarini haqoratlab, kaltaklagan ayol nega bunday qilganini aytib berdi.

“Qizlarimni urib videoga olganimning sababi erim Rossiyada edi, men farzandlarim bilan birga yolğiz yaşardim. Ukalari kelib qaraşar degandim, baribir kelişmadi. Örtada ota-onam kasal bölib, “şok” holatda edim. Qizlarimni urganimdan puşaymonman”, – deydi ayol.

Ayolning ta’kidlaşiça, uning eri 6 yildan beri Rossiyada bölgan.

“Erimning uyidan heç kim kelmaydi, nabiralarini urib, öldirib qöysam ham, ularning işi yöq. Videoga özim oldim va erimga jönatdim, menga rahmi kelar, uyidagilarga aytar, yonimizga kelişar deb öyladim. Lekin unday bölmadi. Keyin yana videoga olib jönatdim, ta’sir qilgani yöq. Xudo közimni oçdi. Otam öldi. Norasidalar közyoşi şu deb bilaman”, – deydi u.

Ayolning aytişiça, voqea bir yil oldin sodir bölgan. Şuningdek, qizlarini yaqinda tekşiruvga olib borganda, ularning soğligi yaxşi çiqqan.

“Iltimos, meni keçiringlar. Bilib-bilmay qarğamanglar”, – deya xalqdan keçirim söradi ayol.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayol Jinoyat protsessual kodeksining tegişli moddasiga asosan vaqtinça uşlab turilibdi.

Bundan oldin Nukusda yoş ona yangi tuğilgan çaqaloğini köçaga taşlab ketgandi.