Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov Telegram'dagi kanalida avtomobillar oynasini bepul qoraytirişga ruxsat beriş kerakligi haqida post qoldirdi.

“Sönggi paytlarda Özbekistonda yoz juda issiq, gohida haddan ziyod yoqimsiz issiq bölyapti. Bulutli issiq kunlarda esa boş oğriğiga çidab bölmaydi. Qurğoqçilik kuçayib, bundan buyoğiga yanada issiq bölsa kerak.

Şu paytda agar maşina tonirovkasi bepul qilinsa, bundan hamma haydovçilar, yölovçilar minnatdor bölar edi. Bu ham aslida inson qadrining bir körinişi, odamlarga bölgan ğamxörlik namunasiga aylanar edi deyeyeyebbbbbb öylaaaaabbb ötiruvdim tirband yölda, orqamdan bir maşina signal çalib çöçitib yubordi.

P.S. Tonirovka tekin bölişi kerak!!!” – deya yozdi Allamjonov.

U öz postini #yaxşiniyatyarimtonirovka degan heşteg bilan yakunlagan.

Kuni keça Kun.uz bloger Şavkat Hasanning videomurojaati haqida yozgan edi. U maşinasining orqa yon oynalariga yopiştirilgan “tonirovka” muddati 1 hafta oldin tugaganini YPX xodimi töxtatganida bilgan, şundan söng 7,5 mln sömlik jarima miqdori oynani qasddan noqonuniy qoraytirgan fuqarolarga ham, ruxsatnoma muddati ötgan fuqarolarga ham birdek baravar ekanidan norozi ekanini aytgandi.

Eslatib ötamiz, hozirda Özbekiston fuqarosi bölgan jismoniy şaxslar uçun avtomobil oynalarini qoraytirişga ruxsat oliş tölovi quyidagiça:

  • orqa yon oynalar – yiliga 4,5 BHM (1 mln 215 ming söm);
  • barça yon oynalar – yiliga 45 BHM (12 mln 150 ming söm).