Toşkent şahridagi Ğafur Ğulom boği şu yilning birinçi sentabridan faoliyatini boşlaydi. Bu haqda Senat xabar berdi.

Qayd etilişiça, Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi a’zolari Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğida olib borilayotgan işlarni joyiga çiqib örgandi.

Örganiş natijalariga köra, bugungi kunda “BMP Smart Decision Private Limited” xorijiy kompaniyasi tomonidan boğ hududida rekonstruksiya qiliş, bino inşootlarini quriş va xorijdan olib kelingan attraksionlar hamda öyin qurilmalarini örnatiş işlari olib borilmoqda va şu maqsadda 71 mlrd söm mablağ sarflangan.

Bildirilişiça, Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boği joriy yilning birinçi sentabridan işlay boşlaydi.

Boğ hududida olib borilayotgan işlari Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasining doimiy nazoratida ekani aytiladi.

Avvalroq Ğafur Ğulom madaniyat va istirohat boğidagi rekonstruksiya işlari 2022 yil yozida yakunlanişi va boğda kuniga 10 ming kişi hordiq çiqara olişi mumkin bölişi xabar qilingandi.

Toşkentdagi eng gavjum istirohat boğlaridan biri bölgan Ğafur Ğulom boği 2019 yilda Vazirlar Mahkamasi va Toşkent şahar hokimligining yopiq hujjatlari bilan BMP Smart Decision kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan.

Kun.uz Singapurda röyxatdan ötgan mazkur kompaniya ta’sisçisi Özbekiston fuqarosi Şerzod Halimov ekani, kompaniyaning ustav kapitali 1000 Singapur dollari (720 AQŞ dollari atrofida) ekanini xabar qilgandi.

Ötgan yil dekabr oyida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Ğafur Ğulom boğidagi rekonstruksiya keçikib ketgani uçun boğ egalarini tanqid qilgan, boğning bu investorga berilişi masalasi qayta körib çiqilişini