Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya qirg‘oqlari yaqinida kema cho‘kishi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi
Cho‘kib ketgan kema bortida 150 ga yaqin muhojir bo‘lgan, rasmiylar 21 kishi qutqarilganini ma’lum qildi.
Foto: dpa
Suriyaning Tartus shahri qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan kemaning cho‘kib ketishi natijasida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, yana 70 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda dpa 23 sentabr, juma kuni.
Suriya matbuotiga ko‘ra, kema 20 sentabr kuni Livandan jo‘nab ketgan. Uning bortida Suriya, Livan, Falastin fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi noma’lum bo‘lgan odamlar bo‘lgan. Omon qolganlardan birining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar soni 150 ga yaqin kishini tashkil qilgan.
«Ular Yevropaga borishmoqchi edi, Livanni tark etishni xohlashgandi, chunki yashash sharoiti chidab bo‘lmas darajada», dedi tirik qolgan yo‘lovchilardan birining qarindoshi dpa nashriga. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 21 kishi qutqarib olingan, qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Birlashgan millatlar tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi ma’lumotlariga ko‘ra, olti millionga yaqin aholiga ega Livanda 1,5 millionga yaqin suriyalik qochqin va boshqa mamlakatlardan kelgan deyarli 14 ming qochqin bor. Mamlakat aholi jon boshiga qochqinlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Livanlik qochqinlar mamlakatdagi misli ko‘rilmagan moliyaviy inqiroz tufayli muntazam ravishda Kipr va Yevropa ittifoqi boshqa mamlakatlariga qayiqda yetib borishga harakat qilmoqda. Livanni noqonuniy tark etmoqchi bo‘lganlarning aksariyati - urushdan u yerga qochgan suriyalik qochqinlar.
Mavzuga oid
15:02 / 04.03.2026
OAV: Rossiyaning gaz tashuvchi kemasi O‘rta Yer dengizida yonmoqda
08:43 / 04.03.2026
Tramp: zarurat bo‘lsa, AQSh kuchlari Yaqin Sharqdagi kemalarni himoya qiladi
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026