AKT vaziri Kun.uz muxbirining Özbekistonga PayPal’ni olib kiriş rejasi haqidagi savoliga javob berdi. Vazir kompaniya özbek bozoriga kiriş niyati yöqligini ta’kidlab, PayPal’da işlayotgan özbek dasturçisining ma’lumotlarni yiğib beriş Özbekiston hukumati zimmasida qolayotgan masala bölişi mumkinligiga oid fikrlarini rad etdi. “PayPal bizdan heç qanday ma’lumot söramadi, sörasa, biz tayyormiz”, – dedi vazir.

5 oktyabr kuni Xalqaro press klub sessiyasida AKT vaziri Şerzod Şermatov Kun.uz muxbirining Özbekistonga PayPal’ni olib kiriş rejasi haqidagi savoliga javob berdi.

Vazirning sözlariga köra, joriy yilning iyul oyidagi Amerikaga taşrifi çoğida u özbek-amerika savdo palatasi va elçixona orqali  PayPal rahbariyati bilan gaplaşgan.

“PayPal’ning özining biznesi dunyoda yomon ahvolda ekan, kompaniya rahbariyati pozitsiyasi hozir köproq Amerikadagi va bor bozorlardagi biznesini rivojlantiriş. Kompaniyaning ekspansiya borasida katta rejalari yöq ekan. Mana bizga PayPal’ning rasmiy javobi”, – dedi vazir.

Kompaniyada dasturçi bölib işlaydigan özbekistonlik Oğabek Yöldoşev 2021 yildagi intervyusida Kun.uz’ga kompaniyaning Özbekiston bozoriga kiriş niyati yöqligi borasida bir neçta taxminiy sabablarni aytgandi. Ularning orasida, dasturçi infrastruktura masalasi hukumat zimmasida qolayotgan iş bölişi mumkinligini aytgandi.

“PayPal’dagi xizmatlarni Özbekiston misolida bajariş qiyinroq, çunki Özbekistonda fuqarolar ma’lumotlarining avtomatlaştirilmagan qismlari köproq. Bu ma’lumotlar Özbekiston hukumati tomonidan yiğilmagan bölişi ehtimoli bor”, – degandi dasturçi.

Vazir Yöldoşevning bu boradagi fikrlarini rad etib, bu kompaniyaning rasmiy pozitsiyasi emasligini aytdi.

“Agar qöşimça nimadir ma’lumot söragan bölsa, yana kerak böladigan bölsa, biz tayyormiz. Lekin bizdan rasman hali heç qanaqa ma’lumot söralgani yöq. Agar PayPal’da işlayotgan özbekistonlik dasturçilar bizga yordam berişga tayyor bölsa, rahbariyati bilan gaplaşib Özbekistonga kirişga köndiradigan bölsa, undan xursand bölaman. Hamkorlikka tayyormiz”, - dedi vazir.

Ma’lumot uçun, 2018 yil iyun oyida PayPal Özbekiston bilan hamkorlik qilişni istayotgani haqida xabar berilgandi.

Markaziy bank 2020 yil oktyabrda PayPal bilan boğliq vaziyatga izoh berib, uning faoliyatiga çeklovni Özbekiston örnatmaganini, kompaniya özi mamlakatga kiriş niyati yöqligini bildirdi. 2021 yilning may oyida ham bu borada yangilik yöqligi ma’lum qilindi.