O‘zbekiston | 11:53 / 01.11.2022
23751
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda qurilishi tugallanmagan bino quladi

Quruvchilardan biri jarohatlangan.

Foto: t.me/PvBux

Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan bino konstruksiyasi buzilishi oqibatida quruvchilardan biri jarohatlandi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 31 oktabr kuni soat 16:03 larda fuqaro Sh.S.dan olingan ma’lumotga ko‘ra, Buxoro shahar «Do‘stlik» MFY T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan qurilishi uch qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi natijasida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan.

Oqibatda mazkur qurilishi tugallanmagan binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan K.R. (1973 yilda tug‘ilgan) bino qulashi oqibatida tan jarohati olgan. U viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan.

Hozirda Buxoro viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid