Ğarb Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalar kiritganidan keyin Xitoy, Hindiston va Turkiya uşbu xomaşyoning yagona yirik xaridorlari bölib qoldi, deb yozadi Bloomberg.

Rossiyaning Urals markali nefti 6 yanvar kuni bir barrel uçun 38 dollardan pastroq narxda sotildi, bu bozor narxidan ikki barobar arzon degani, deb yozadi Bloomberg 9 yanvar, duşanba kuni. Bu Moskvaning Ukrainadagi uruşni moliyalaştiriş qobiliyatini kamaytiriş uçun "katta yettilik" tomonidan kelişilgan Rossiya nefti narxining çegarasidan pastroqdir.

Xomaşyo narxlari rivojlanişini tahlil qiluvçi Argus agentligi ma’lumotlariga köra, Rossiya eksportining asosiy qismini taşkil etuvçi Urals markali neft 6 yanvar kuni Primorsk portida bir barrel uçun 37,80 dollardan sotilgan bölsa, Brent nefti bir barreli şu kuni 78,57 dollardan sotildi.

«Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Rossiyaning Xitoy va Hindistonga qaramligini oşirişga olib keldi», deb ta’kidlaydi Bloomberg naşri. Agentlik ma’lumotlariga köra, ayni damda uşbu ikki davlat, şuningdek, Turkiya Rossiya neftining yagona yirik xaridori hisoblanadi. Agentlik kuzatuvlariga köra, Rossiya Yaqin Şarqdagi yetkazib beruvçilar bilan raqobatlaşiş uçun öz neftini arzonroq narxda sotişga majbur.

Yevropa Ittifoqining Rossiya neftini dengiz orqali yetkazib berişga qöygan embargosi   2022 yil 5 dekabrda kuçga kirdi. Xuddi şu kuni "katta yettilik" mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya tomonidan belgilangan Rossiya neftiga narx çegarasi işlay boşladi. Öz navbatida, Rossiya şartnomalarida narx çegarasi qöllanilişi nazarda tutilgan mamlakatlarga xomaşyo sotilmasligini e’lon qildi.