Olimlar dunyoning qaysi şaharlarida kalamuşlar eng köp yaşaşini hisoblab çiqdi. 

Zoologlar fikriga köra, kalamuşlar soni böyiça yetakçilik Amerikaning Çikago şahriga tegişli, deb yozdi Express. 

2,7 milliondan ortiq aholiga ega bu şaharga 2018 yilda 58 millionga yaqin sayyoh borgan. Bu AQŞ böyiça ikkinçi maşhur turizm yönalişidir. Olimlarning fikriga köra, şahar köçalarida juda köp miqdorda çala iste’mol qilingan fast-fud qoldiqlari kalamuşlarning köpayişiga sabab bölgan. Bundan taşqari, şaharda çiqindilarni olib çiqiş ham samarasiz taşkil etilgan. 

«Şahar köçasida kalamuşdan atigi ikki metr uzoqlikda bölasiz, ammo buni körmaysiz», deydi zoologlar Çikago haqida. 

Röyxatda ikkinçi örinni Los-Anjyeles egallagan. Yumşoq iqlim, çiqindixonalarning köpligi va kalamuşlarni zaharlab öldiriş taqiqlangani tufayli, bu joy kulrang qaroqçilar uçun «jannatga» aylangan. 

Uçinçi va törtinçi örinlar Yevropa poytaxtlariga tegişli. Olimlarning fikriça, Londonda kamida 20 million kalamuş, Parijda esa 9 millionga yaqin kalamuş yaşaydi. 

Ammo maşhur Karni Mata kalamuşlar ibodatxonasi joylaşgan Hindistonning Deşnok şahri reytingning atigi beşinçi poğonasini egallagan. Bu ibodatxonada 20 mingga yaqin kemiruvçi yaşaydi, ular uçun maxsus oşxonada ovqat tayyorlanadi. Har yili minglab ziyoratçilar kalamuşlarni şaraflaş uçun ibodatxonaga boradilar.