Samara viloyatidan Makiyivkadagi zarbada yaralangan va halok bölgan harbiy xizmatçilar röyxati e’lon qilinmaydi, dedi viloyat harbiy komissari Aleksey Vdovin 10 yanvar, seşanba kuni. «Heç qanday röyxat e’lon qilinmaydi», dedi u. Vdovinning sözlariga köra, mavjud bölgan barça ma’lumotlar harbiy xizmatçilarning qarindoşlariga özlari yoki söroviga köra, harbiy xizmatçilarni röyxatga oliş boşqarmasi tomonidan taqdim etiladi.
«Röyxatlarni e’lon qilib bölmaydi. Birinçidan, bu şaxsiy ma’lumotlar. Ikkinçidan, bu xorijiy razvedka idoralari tomonidan harbiy xizmatçilarning qarindoşlariga qarşi provokatsion çoralarni aniqlaş va ötkaziş böyiça iş, bu qat’iyan man etiladi», - deya tuşuntirdi harbiy komissar bu qarorni.
1 yanvarga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari safarbar qilinganlar joylaştirilgan Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosiga hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy ma’lumotlariga köra, zarba natijasida 89 nafar rossiyalik harbiy halok bölgan. Ukraina tomoni 400 ga yaqin odam halok bölgani haqida xabar berdi.
Zarba natijasida halok bölganlar va yaralanganlar orasida Samara viloyati harbiy xizmatçilari ham bor. Buni viloyat gubernatori Dmitriy Azarov tasdiqladi. «Vatandoşlarimiz ham duşman kuçlari hujumiga uçragan. Yaradorlar mavjud, afsuski, halok bölganlar ham bor», - dedi u. 3 yanvar kuni viloyat hokimiyati Samara şahridagi Şon-şuhrat maydonida viloyatdan ketgan harbiylar xotirasiga bağişlangan motam tadbirini ötkazdi. Ayni paytda harbiy xizmatçilarning yaqinlari ularning taqdirini aniqlay olmayapti.
4 yanvar kuni Change.org saytida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Samara viloyati gubernatori nomiga Makiyivkada halok bölgan safarbar etilganlarning ism-şariflari röyxatini e’lon qilişni talab qilgan petitsiya paydo böldi. Uni 49 mingdan ortiq kişi imzolagan.


















