Rossiya yadroviy triadani rivojlantirişda davom etadi, şuningdek, aerokosmik kuçlarning jangovar imkoniyatlarini mustahkamlaydi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Şoygu.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu strategik yadroviy kuçlarni Rossiya suverenitetining asosiy kafolati deb atadi. «Biz yadroviy triadani rivojlantirişda va uning jangovar tayyorgarligini saqlab qolişda davom etamiz, çunki yadro qalqoni davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligining asosiy kafolati bölib kelgan va şunday bölib qoladi», dedi u 10 yanvar, seşanba kuni bölib ötgan konferensiya çoğida.

Bundan taşqari, Şoyguning sözlariga köra, Rossiya rahbariyati aerokosmik kuçlarning jangovar imkoniyatlarini kuçaytiriş niyatida. Uning tuşuntirişiça, gap qiruvçi va bombardimonçi samolyotlarning zamonaviy havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlaridan foydalaniş sohasidagi işi, şuningdek, jangovar dronlarni takomillaştiriş haqida ketmoqda.

Şoyguning sözlariga köra, şuningdek, «şaxsiy tarkibning jihozlari va taktik asbob-uskunalarni imkon qadar tezroq eng yuqori darajaga yetkaziş» zarur. «Biz nazorat va aloqa tizimini takomillaştirişimiz kerak. Buning uçun sun’iy intellekt texnologiyalaridan faol foydalanamiz», - dedi u.

Rossiya yadroviy triadasiga strategik raketa kuçlari, strategik aviatsiya va yadroviy suvosti raketa taşuvçilar kiradi.