Dunyoning uç mamlakatida yötalga qarşi sifatsiz siropdan ölim holatlari soni 300 tani taşkil qildi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) press-relizida ma’lum qilindi.
JSST qayd etişiça, qurbonlarning aksariyati beş yoşgaça bölgan bolalardir.
«Sönggi 4 oy içida tarkibida dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) miqdori yuqori bölgan retsepsiz yötalga qarşi siroplarni qabul qilişdan 300 dan ortiq odam halok böldi», deyiladi hujjatda.
JSST uşbu moddalar oz miqdorda qabul qilinganda ham ölimga olib kelişi mumkinligini va heç qaçon dori vositalarida işlatilmasligi lozimligini ta’kidladi.
2022 yil oktyabr oyida JSST Gambiyada aniqlangan törtta sifatsiz dorini e’lon qildi. Ularning barçasi Hindistonning Maiden Pharmaceuticals kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Ularning tarkibida DEG va EG zaxarli moddalari borligi aniqlangan.
- Prometazin (Promethazine Oral Solution BP);
- Kofeksmalin (Kofexmalin Baby Cough Syrup);
- Makoff (Makoff Baby Cough Syrup);
- Magrip N (Magrip N Cold Syrup).
2022 yil noyabr oyida JSST Indoneziyada aniqlangan sakkizta sifatsiz dorini e’lon qildi. Ular mahalliy kompaniyalar tomonidan işlab çiqarilgan.
- Termoreks sirop (Termorex), PT Konimex kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan;
- Flurin sirop (Flurin DMP), PT Yarindo;
- Yunibebi sirop (Unibebi), PT Universal Pharmaceutical;
- Yunibebi tomçi (Unibebi Demam Paracetamol Drops), PT Universal Pharmaceutical;
- Yunibebi sirop (Unibebi Demam Paracetamol), PT Universal Pharmaceutical;
- Paratsetamol tomçi (Paracetamol Drops), PT Afi Pharma;
- Paratsetamol sirop (Paracetamol Syrup), PT Afi Pharma;
- Vipkol sirop (Vipcol Syrup), PT Afi Pharma.
2023 yil yanvar oyida JSST Özbekistonda aniqlangan ikkita sifatsiz dorini e’lon qildi. Ular Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Ularning tarkibida DEG va EG zaxarli moddalari borligi aniqlangan.

















