O‘zbekiston | 13:23 / 26.01.2023
81408
2 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors qimmat modellari uchun kontraktatsiyani ochdi. Narxlar o‘zgargan

Yangi shartnomalarda Tracker 2 mln so‘mdan ortiqroqqa qimmatlaganini ko‘rish mumkin. Malibu deyarli 10 mln so‘mga arzonlashgan. Equinox 22 mln so‘mgacha qimmatlashgan.

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors'ning savdo.uzavtosanoat.uz saytida kompaniya xorijdan import qiladigan avtomobillarning yangi narxlari paydo bo‘ldi. Bu modellar uchun shartnoma tuzish qayta ochilgan.

QQS pasaygani hisobiga, Malibu 10 mln so‘mga arzonlashgan:

  • Malibu – 395 311 840 so‘m (yetkazib berish muddati: 31.03.2023)

QQS pasayganiga qaramay, Tracker 2,1–2,6 mln so‘mga qimmatlashgan:

  • Tracker Turbo 1.2 LS AT – 211 454 880 so‘m (31.08.2023)
  • Tracker Turbo 1.2 LTZ AT – 231 196 000 so‘m (30.06.2023)
  • Tracker Premier 2023 AT – 251 142 080 so‘m (31.07.2023)

QQS pasayganiga qaramay, Equinox, Traverse va Tahoe 5 foizga qimmatlashgan:

  • Equinox 1LT – 441 000 000 so‘m (30.06.2023)
  • Equinox 3LT – 472 500 000 so‘m (31.05.2023)
  • Traverse – 734 530 720 so‘m (30.06.2023)
  • Tahoe – 1 109 274 880 so‘m (31.07.2023)

Yetkazib berish muddatlari 26 yanvar soat 12:00 holati uchun aktual.

Qisman O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan modellar sotuvi esa hali tiklanmadi.

Lacetti, Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiya dekabr oyida yopilgan edi. Shartnoma tuzish boshlanganida ularning ham narxi oshishi kutilyapti.

Mavzuga oid