UzAuto Motors dekabr oyi boshida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uchun shartnoma tuzmay qo‘ygan edi. Yanvar oyi boshiga kelib, oldindan puli to‘langan avtomobillarni topshirishni ham to‘xtatdi.

Dastlab, mashinalarni egalariga topshirishdagi to‘xtalish 4-5 kun davom etishi va’da qilingan bo‘lsa-da, keyinroq bu muddat noma’lum muddatga uzaytirildi.

Oxirgi bir necha yillarda shakllangan an’anaga ko‘ra, UzAuto Motors har safar avtomobillar narxini oshirishdan oldin turli sabablar bilan sotuvni to‘xtatib qo‘yadi.

Bu safar ham sotuv qayta ochilishi cho‘zilib ketgach, ijtimoy tarmoqlarda kompaniya yana narxlarni oshirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Lekin bu safar narxlar biryo‘la 30 foizga oshishi haqida gaplar yuribdi. UzAuto bu ma’lumotlarni rad etib chiqayotgani yo‘q.

Narxlar oshishi kutilayotganini Kun.uz manbasi ham tasdiqladi, ammo qanchagacha oshishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.

2023 yildan boshlab UzAuto Motors imtiyozlardan mahrum qilinib, bojxona to‘lovlarini to‘lay boshlashi taxmin qilinmoqda. Ammo bu mamlakatdagi avtomobil monopoliyasi bekor bo‘lishini anglatmaydi, shunchaki tanlovsiz o‘zbekistonliklar uchun mashina narxi yanada qimmatroq bo‘ladi xolos.

Mahsulot qiymatini pasaytirish uchun xarajatlarni kamaytirish, yangi texnologiyalar kiritish va boshqa choralar ko‘rish o‘rniga har gal narx oshiriladi, ya’ni zavodning muammolari iste’molchilar hisobidan hal etiladi.

3 foizlik yig‘im va QQSning 3 foizga pasayishi “yutib yuborildi”

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekistonda yangi avtomobil sotib olgan fuqarolar avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazishda budjetga 3 foizlik yig‘im to‘lar edi. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab bu yig‘imni ishlab chiqaruvchilar to‘laydigan