12 fevral kuni Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va “Özbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullayev jurnalistlar hamda jamoatçilik vakillari bilan uçraşib, neft va gaz sohasiga oid savollarga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Rasmiylarga köra, hozirda mamlakatda 295 ta neft-gaz koni bor. Şundan 118 tasi – 40 foiziga “Özbekneftgaz” (davlat) egalik qiladi. Qolgan 176 tasi qöşma korxonalar va xorijiy kompaniyalarga tegişli.

“Özbekneftgaz” raisi Mehriddin Abdullayevning aytişiça, kompaniya ixtiyorida 2017 yildan keyin asosan gaz konlari qolgan. Neft konlari esa “Sanoat energetika guruhi” (Saneg; avvalgi Jizzakh Petroleum)ga berilgan. Ayni paytda bu guruh ixtiyorida 104 ta neft koni bor.

6VwTY_cDFwLFYp9y8OawmQTYYho4EFbG.png (796×575)
Özbekistondagi neft va gaz konlariga egalik qiluvçi kompaniyalar

Ma’lum bölişiça, Özbekistonda neft-gaz koniga egalik qiluvçi kompaniyalar röyxati quyidagiça:

Davlat korxonasi:

  • “Özbekneftgaz” – 118 ta kon

Qöşma korxonalar:

  • Natural Gas Stream (“Özbekneftgaz” – 50%, Altmax Holding va Gas Project Development Central Asia – 50%) – 10 ta
  • Uz-Kor Gas Chemical (“Özbekneftgaz” – 50%, Koreya kompaniyalari konsorsiumi: KOGAS, Lotte Chemical Corporation, GSE&R – 50%) – 1 ta (eng yirik konlardan biri bölmiş Surğil koni)
  • Gissarneftgaz (“Özbekneftgaz” – 55%, Gas Project Development Central Asia – 45%) – 8 ta
  • AndijanPetro (“Özbekneftgaz” – 50%, “Zarubejneft” – 50%) – 3 ta
  • UzMaloil – (Özbekiston-Malayziya qöşma korxonasi) – 1ta
  • Gazli Gas Storage