Orol dengizi sathi 1960 yillardan boşlab pasaya boşladi. 1989 yilda dengiz ikkita alohida suv havzasiga - Şimoliy (Qozoğistonda) va Janubiy (Özbekistonda) Orol dengiziga bölindi. Dengizning qurişi butun Markaziy Osiyo uçun ekologik halokatga aylandi va mintaqa davlatlariga jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy zarar yetkazdi.
Orol dengizining qurişi yigirmançi asrdagi eng katta ekologik muammolaridan biri böldi. Dengiz qurigan sari uning oqibatlari ortib bordi: Orolböyi mintaqalarida ekologik barqarorlik butkul izdan çiqqani, yerning şörlaniş darajasi ortib ketgani, hayvonot va nabotot olami keskin kamayişi, turli kasalliklar köpayişi kabi muammolar nafaqat Özbekiston, qöşni davlatlarga ham xavf tuğdira boşladi.
Orolni qutqariş borasida xalqaro minbarlarda gapirildi, har xil fondlar tuzilib, turli xil farazlar ilgari surildi. Ammo hadeganda amaliy işlarga ötilavermadi.
Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 sentabrda BMTning Nyu-Yorkdagi boş ştab-kvartirasida çiqiş qilgan va 5 ta, xususan Orolböyi muammosiga e’tiborni oşiriş taklifini ilgari surgandi. 2018 yilda Orolböyi mintaqasida insonlar xavfsizligi böyiça köp şeriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boşladi.

2020 yilning 23 sentabr kuni davlat rahbari BMT Boş Assambleyasining 75-sessiyasida nutq sözladi hamda global iqlim özgarişlari va Orolböyi hududidagi vaziyatga yana töxtalib ötdi. Prezident nutqida Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qiliş haqida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etgan edi. 2021 yilning 18 may kuni BMT Boş assambleyasi 75-sessiyasining yalpi majlisida Şavkat Mirziyoyevning taklifiga köra Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qiliş töğrisidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.
Şu tariqa Orol dengizining qurigan tubi “front”ga aylandi: respublikaning barça hududlaridan maxsus texnikalar jalb etilib, yaşil qoplamalar barpo etişga kirişildi. Xususan, 2018-2021 yillar mobaynida dengizning qurigan tubida 1,7 mln gektar maydonda saksovul, çerkez, qandim kabi şörga va qurğoqçilikka çidamli ösimliklardan iborat yaşil qoplamalar barpo qilindi. Olimlarning ma’lumotlariga köra, qurigan dengiz hududida barpo etiladigan saksovulzor şamol tezligini sezilarli darajada kamaytiradi va qum köçişlariga barham beradi. Bundan taşqari, daraxt va buta turlari havoni tozalaş xususiyatiga ham ega.

















