Tomonlar siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni jadallaştiriş böyiça amaliy çoralar körişga tayyor ekanini bildirdi. Innovatsiyalar, ta’lim, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, AKT, qişloq xöjaligi va turizm sohalarida qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.
Vladimir Norov Özbekiston Finlandiya kompaniyalari ilğor texnologiyalarini milliy iqtisodiyotga jalb etişdan manfaatdorligini bildirdi.
Muzokaralarda atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Pekka Haavisto qayd etganidek, Finlandiya Orol dengizi qurişi oqibatlarini yumşatiş, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxşilaşda BMTning Orolböyi mintaqasi uçun inson xavfsizligi böyiça köp şeriklik jamğarmasi orqali Özbekistonga faol yordam körsatişda davom etişga tayyor.
Ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalar ijobiy sur’atlarda ösayotgani qayd etildi. Joriy yil sentabr oyida Toşkent şahrida Nordik xalqaro universiteti oçilişi Özbekistonda Finlandiya ta’lim tizimini örganiş va joriy etişga, kadrlar tayyorlaşga yordam berişga xizmat qilişi e’tirof etildi.

















