Kun.uz manbasining xabar berişiça, davlat rahbari BMT oliy minbaridagi bu galgi çiqişida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marta davlat tili – özbek tilida nutq sözlaşi kutilmoqda.

Şavkat Mirziyoyev ilk marta Boş Assambleyada 2017 yil 12 sentyabrda, BMTning Nyu-Yorkdagi boş ştab-kvartirasida çiqiş qilgan edi. Prezident nutqi taşkilotning 6ta işçi tilidan biri – rus tilida bölgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olingandi.

Xususan, Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari ötkazişni yölga qöyiş, BMTning «Ma'rifat va diniy bağrikenglik» maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş, BMTning Yoşlar huquqlari böyiça konvensiyasini işlab çiqiş, Orolböyi muammosiga e'tiborni oşiriş va Afğoniston muammosini hal etiş kabi masalalarga oid 5ta taklifidan 4tasi hozirga qadar amalga oşdi.

Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari muntazam ötkazilmoqda. 2018 yilda BMT Boş Assambleyasi «Ma'rifat va diniy bağrikenglik» maxsus rezolyutsiyasini tasdiqladi, şu yili Orolböyi mintaqasida insonlar xavfsizligi böyiça köp şeriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boşladi. Ayni paytda BMTning Yoşlar huquqlari böyiça konvensiyasi loyihasi böyiça işlar davom etmoqda, şu maqsadda inson huquqlari böyiça Samarqand forumlari ötkazildi. 2018 yil martida Toşkentda Afğoniston böyiça yuqori darajadagi xalqaro konferensiya taşkil etilib, uning yakunida deklaratsiya qabul qilindi.

Davlat rahbari navbatdagi ma'ruzasida ham xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik qator masalalar yuzasidan muhim taşabbuslar bilan çiqişi kutilmoqda.

Qayd etiş joiz, prezident şu yil boşida Oliy Majlisga qilgan murojaatida 2021-2023 yillar mobaynida BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşiga a'zo böliş masalasini ilgari suriş niyatida ekanini bildirgan edi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston BMT a'zoligiga 1992 yilning 2 martida qabul qilingan. Respublikaning birinçi prezidenti Islom Karimov birinçi bor 1993 yilda taşkilotning asosiy maslahat organi – Boş Assambleyada