Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi, prezident maktablariga kiriş imtihonlarida Kembrij mutaxassislari bilan hamkorlik töxtatilgani haqidagi tasdiqlanmagan axborotga javoban, Cambridge University Press&Assessment taşkilotining ta’lim yönalişi böyiça boş maslahatçisi Stiv King tomonidan yöllangan rasmiy videoizohni taqdim etdi.

Stiv King uning taşkiloti Özbekistondagi prezident maktablariga qabul imtihonlarida 2019 yildan buyon iştirok etayotganini aytib, bu hamkorlik “uzoq yillar davom etişi”ga işonç bildirdi.

“Bu yilgi imtihonlarning 1-bosqiçi uçun 8 ta turli xil variantlardagi savollar işlab çiqildi. Bunda savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda şaffoflikni ta’minlaşga intildik.

Murojaatçilar bizdan bu yilgi prezident maktablari qabul imtihonlariga bizning iştirokimiz yöqligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritişimizni söraşdi. Bu xabarlar asossiz. Şuni işontirib aytamanki, biz 2019 yildan beri, jumladan bu yil ham prezident maktablari qabul imtihonlarida qatnaşmoqdamiz”, – dedi Kembrij ta’limni baholaş taşkiloti vakili.

Stiv King uning taşkiloti mutaxassislari savollarni tuzişda ularning takrorlanmasligini “ta’minlaşga intilgani”ni aytdi.
​​​​Foto: PTMA e’lon qilgan videodan kadr

Holat yuzasidan Kun.uz muxbirining xatiga javob yozgan Cambridge Assessment International Education taşkiloti Özbekistonda prezident maktablariga kiriş imtihonlarida iştirok etayotganini tasdiqlab, tuşunmovçilikka sabab bölgan holatga izoh berdi.

Unga köra, avvalgi yillardagi jarayonda taşkilotning qabul imtihonlaridagi testlar böyiça departamenti – Admissions Testing Department iştirok etgan. Bu departament bir vaqtning özida ham Cambridge University Press & Assessment, ham Cambridge Assessment International Education tarkibiga kiradi. Endilikda esa bu masala bilan uşbu departament emas, bevosita Cambridge Assessment International Education'ning özi şuğullanmoqda.

Eslatib ötamiz, muhokama markaziga çiqqan asosiy masala – 15 iyul kuni bölib ötgan prezident maktablariga kiriş imtihonlarining birinçi bosqiçida 1-smenada tuşgan savollarning 2-smenada ham takrorlangani haqidagi