Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti yaqinida ehtiyotsizlik oqibatida yöl ötkazgiçning beşta tösini qulab tuşdi. Guvohlar beton konstruksiyalar qulaşi oqibatida kuçli şovqin eşitilganini aytişgan. «Özbekiston temir yöllari» holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga köra, holat 12 avgust kuni Toşkent şahar hokimiyati «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK buyurtmaçiligida «Köprikquriliş» tresti UK tomonidan amalga oşirilayotgan Toşkent şahar Yakkasaroy tumani Bobur köçasidan Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga olib boruvçi va Sodiq Tolipov köçasiga çiqiş va tuşişga imkon beruvçi yöl ötkazgiçni zamonaviy quriliş standartlari asosida qayta quriş obektida sodir bölgan.
Temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran yordamida montaj qiliş jarayonida ehtiyotsizlik oqibatida bir-biriga urilib, 5 dona balka montaj joyidan tuşib ketgan.

Balkalar asosiy yöl emas, balki vagon deposiga tegişli şoxobça yöliga tuşgan bölib, bu holat poyezdlar qatnoviga ta’sir qilmagan.
Voqea oqibatida jabrlanganlar yöq. Tafsilotlar örganilayotgani, tekşirişlar natijasida batafsil ma’lumot berilişi aytilgan.












