Surxondaryo viloyati Denov tumanida «Jiguli» maşinasiga örnatilgan gazballoni portlaşi oqibatida ikki kişi halok bölgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz söroviga köra xabar berişiça, hodisa 2023 yil 19 oktyabr kuni sodir bölgan.
Denov tumanida yaşovçi fuqaro şu tumanda joylaşgan «Denov-Mobil» MÇJ qaraşli bölgan metan gaz quyiş şoxobçasiga propan balloni örnatilgan «Jiguli VAZ-2106» maşinasini boşqa bir fuqaroning maşinasi yordamida olib kelgan.
Maşinaga metan gaz quyiş paytida unga örnatilgan propan balloni portlab ketgan. Oqibatda gaz quyiş şoxobçasi işçisi va «Jiguli VAZ-2106»ni şoxobçagaça olib kelişda yordam bergan ikkinçi haydovçi voqea joyida halok bölgan.
Jiguli VAZ-2106» haydovçisi tan jarohati olib, şifoxonaga murojaat qilgan. Hozirda hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















