«Salimboy» va «Saidaziz medgorodok» chiqarib yuborilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Salim Abduvaliyev va Saidaziz Saidaliyev qo‘yib yuborilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Kun.uz manbasi buni rad etib, ularga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmaganini bildirdi.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq ushlangan “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev va “Saidaziz medgorodok” - Saidaziz Saidaliyev hamda boshqalarning chiqarib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz’ning IIBBdagi manbasi bu xabarlarni rad etdi va haqiqatdan uzoq ekanligini bildirdi.
Uning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarda aytilgan shaxslar qo‘yib yuborilmagan. Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda, ularga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmagan.
- 2 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB poytaxtda huquq-tartibot idoralari tomonidan «ko‘cha bollari» va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgani qayd etilgan.
- Ko‘p o‘tmay Toshkent shahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. U atrofiga jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, qarzdorlik va boshqa muammolarni qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish bilan shug‘ullangan.
- Huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, «Baxti Tashkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qo‘lga olgan. Bundan tashqari, o‘ta yirik miqdordagi tovlamachilikda gumon qilingan yana ikki shaxs qo‘lga olindi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Jahon | 21:10
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
-
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

16:41 / 17.01.2025
Qirg‘iziston janubini ilgari Salim Abduvaliyev nazorat qilgani aytildi

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

20:33 / 12.01.2025
“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ozodlikka chiqdi - manba

11:41 / 07.12.2024