“Yuksaliş” umummilliy harakati hukumatni P2P ötkazmalari töğrisidagi masalani qayta körib çiqişga çaqirdi. Harakat bu borada Markaziy bankning pozitsiyasini qöllab-quvvatlab çiqdi.

“Yuksaliş” kartadan kartaga ötkazmalar soliq organlarining nazoratida bölişi keng jamoatçilikning e’tirozlariga sabab bölayotganini ta’kidlab, bu – 1 maydan e’tiboran kuçga kirgan va töğridan töğri amal qilayotgan yangi tahrirdagi konstitutsiyaga zid ekanini bildirgan.

“Konstitutsiyamizda bank operatsiyalarining sir tutilişi kafolatlangan (41-modda) hamda insonning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qöyilgan huquqlari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etişga heç kim haqli emasligi mustahkamlab qöyilgan (20-modda)”, – deya eslatilgan rasmiy munosabatda.

Faollarga köra, bu amaliyot aks samara berib, quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi:

  • fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini poymol etgan holda, qonun ustuvorligi tamoyiliga jiddiy putur yetkazadi;
  • naqd şakldagi tölovlarga talabni oşiradi, bank tizimidan mablağlar norasmiy bozorga köçadi va amalda xufiyona iqtisodiyot kölami ortadi;
  • naqd va naqdsiz tölovlar örtasidagi tafovutning ortişiga olib keladi.

“Şu munosabat bilan, iqtisodiyotni soyadan çiqarişda mavjud imkoniyatlarni samarali işga soliş, soliq tölovçilar uçun teng va adolatli soliq siyosatini yuritiş, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga amal qiliş kabi jihatlarga ustuvorlik beriş muhim sanaladi

Yuqoridagilarga köra, bank kartalaridagi P2P ötkazmalari töğrisida axborotni soliq organlariga taqdim etiş böyiça Markaziy bank pozitsiyasini qöllab-quvvatlaymiz va uşbu masala qayta körib çiqilişi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, – deyiladi “Yuksaliş” umummilliy harakati bayonotida.