Turkiya hukumatiga sodiq mamlakat qurolli kuçlari, Boş ştab nazoratini qölga oldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi yuqori lavozimli turk mulozimiga tayangan holda.
Uning sözlariga köra, bir neçta jangovar vertolyotlarni egallab olgan bir guruh harbiylar hamon hukumat qöşinlariga qarşilik körsatişni davom ettirmoqda.
Manbaning ma'lum qilişiça, Turkiya parlamenti va Prezident saroyiga amalga oşirilayotgan hujumlar deyarli töxtatilgan.
Avval xabar berilganidek, Turkiya hukumati davlat töntarişiga urinişdan söng, Turkiya Boş ştabi rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçini tayinlagan edi. Qarama-qarşilik çoğida 60 kişi qurbon bölib, 336 kişi hibsga olinganligi xabar qilingan edi.
















