16 noyabr kuni internetda Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning muxbirlarga qilgan tahdidi audiosi tarqaldi. Audioda Ortiqxöjayev jurnalistlarni şarmanda qiliş, hattoki jismonan yöq qilib yubora olişga qodirligi bilan tahdid qilgan.
Mazkur tahdid şahar hokimidan Olmazor tumani hokimining sobiq örinbosari Abdurasul Vahobov bilan boğliq voqeaning ertasiga Kun.uz muxbirlari Rahmatillo Isroilov, Şerzod Egamberdiyev va Bahodir Ahmedov hokim qabulida bölgan çoğda yangragan.
Öşa kuni Toşkent şahar hokimi A.Vahobov va muxbirlarni öz huzuriga çorlab, yaraştirmoqçi, örtadagi tuşunmovçilikni hal qilmoqçi bölgan. Tomonlar murosa qila olmagaç, uçraşuv tahdidli «tarbiyaviy soat»ga aylanib ketgan.
Tahririyat hokim bilan uçraşuv vaqtidagi audioyozuvni Vahobov va Kun.uz örtasidagi nizoli vaziyat qasd olişga aylanib ketmasligi hamda şahar hokimining obro‘-e'tiboriga putur yetkazmaslik uçun ommaga oşkor qiliş fikridan voz keçgan edi.
16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda şu voqeaga oid audioyozuv tarqalişiga esa tahririyatning aloqasi yöq.
Bugun, 17 noyabr kuni Boş prokuratura tomonidan internet naşrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu audioyozuvdagi ovozning Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga mansubligi, qaçon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boşqa holatlar örganilayotgani haqida xabar berildi.
Ma'lumot uçun, Jahongir Ortiqxöjayevning sözlari yozib olingan töliq formatdagi audioyozuvlar Kun.uz tahririyatida mavjud bölib, belgilangan tartibda körib çiqiş uçun Boş prokuraturaga taqdim etilişi mumkin.

















