Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni haqoratlagan va tahdid qilgan audiosi yuzasidan munosabat bildirdi.

«Boş prokuratura tomonidan Internet naşrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 16 noyabr kuni Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayevga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qaçon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boşqa holatlar örganilmoqda. 

Örganiş natijalari har tomonlama qonun doirasida körib çiqilib, ular yuzasidan qöşimça bayonot beriladi», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Şuningdek, Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati ham telegramdagi sahifasida uşbu iş böyiça örganiş işlari boşlanganini ma'lum qilgan.

«Joriy yilning 16 – noyabr kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda göyoki Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ovozi sifatida tarqatilgan audioyozuv jamoatçilikning muhokamasiga sabab bölmoqda.

Hozirda uşbu masalaga oydinlik kiritiş va har tomonlama örganiş maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzilgan.

Örganiş natijalari böyiça qöşimça ma'lumot beriladi», deyiladi hokimlik xabarida.

16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni yöq qiliş tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi.

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi birinçilardan bölib uşbu audioyozuvga munosabat bildirdi va bu holatni inson huquqlari va uning şa'ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilişi deb hisoblab, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasidan uşbu holat yuzasidan himoyaviy çora körilişini söradi.