Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metroda 5 vagonli poyezdlar soni 12 taga yetkaziladi
Toshkent metropolitenida “O‘zbekiston” yo‘nalishiga 5 vagonli 4 ta poyezd qo‘yilgan. Endilikda ularning soni 12 taga yetkazilishi reja qilinmoqda. “Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, bu harakat tarkiblari kerakli yo‘nalishlarga taqsimlanadi”, – deydi metropoliten matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayev.
Foto: Kun.uz
“Toshkent metropoliteni”ning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, vagonlar sonini oshirish maqsadida 8 ta metro poyezdi uchun “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJga buyurtma berilgan, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Avvalroq Kun.uz’ga 8 ta emas, 6 ta vagonga buyurtma berilgani haqida xabar bergan edik. Ularning soni yana 2 taga ko‘paydi, endilikda 5 ta vagonli 4 ta harakat tarkibini 12 taga yetkazish kutilmoqda.
Hozirda “Chilonzor” va “O‘zbekiston” yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimi ko‘p. Ayni vaqtda “Yunusobod” liniyasida ham odamlar soni oshmoqda. Ertalabki tirband vaqtlarda ham poyezdlar 1,5-2 daqiqa intervalda harakatlanyapti. Shundan kelib chiqib, “O‘zbekiston” yo‘nalishidan boshqa yo‘nalishlarga ham poyezdlar taqsimlanadi. Bu “Chilonzor” yoki “Yunusobod” yo‘nalishi ham bo‘lishi mumkin”, – deydi mas’ul.
Shuningdek, xodimning ta’kidlashicha, Moskvadan olib kelinadigan 14 ta poyezd uchun ham buyurtmalar berib bo‘lingan va hujjatlarga imzo chekilgan. Ular yil davomida bosqichma-bosqich olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, jami 56 ta vagonli bu yangi poyezdlar Rossiyaning “Metrovagonmash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, unda 250-300 nafar yo‘lovchi bemalol ketishi mumkin bo‘ladi.
Hozircha poyezdlar qaysi oyda, qancha summaga olib kelinishi aniq emas.
Mavzuga oid
20:09 / 07.01.2024
Toshkentda metro poyezdi texnik nosozlik sababli to‘xtab qoldi
19:24 / 05.01.2024
Senatda yerusti metrosi eskalatorlari ishdan chiqqani tanqid qilindi
10:47 / 02.01.2024
Megatirbandlik, mingta avtobus va qulab tushgan yo‘l o‘tkazgich – 2023 yilda transport sohasida nimalar yuz berdi?
14:30 / 28.12.2023