Metrodagi tiqilinçlarni bartaraf etiş çoralari haqida ma’lumot berildi
|23:19 / 21.12.202211 2907 min
Toşkent metropolitenidagi harakat oqimini normallaştiriş maqsadida ayrim yönalişlarga 5 ta vagonli poyezdlar çiqariladi, 2023 yilning söngigaça 14 ta yangi harakat tarkiblari olib kelinadi. Bunday çoralar orqali poyezdlar harakat intervalini 1,5 daqiqagaça qisqartiriş mumkinligi aytildi.
13 dekabr kuni prezidentning 18-avtobus saroyiga qilgan taşrifidan söng, oxirgi bir haftada jamoat transporti muammolariga jiddiy e’tibor qaratila boşlandi. Avtobuslar soni keskin oşirildi.
21 dekabr kuni AOKAda ötgan brifingda Transport vazirligi matbuot kotibi Navröz Aşurmatov bergan ma’lumotga köra, hozirda 850-870 ta qatnov yönalişidagi avtobuslar soni 1050-1090 taga köpaytirilib, harakatlaniş intervali 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqartirilgan. Qayd etilişiça, bu sababli yölovçilar soni ham oşgan.
«12 dekabr kuni yölovçilar 501 ming 863 nafarni taşkil etgan bölsa, 19 dekabr kuni bu körsatkiç sezilarli oşib, tegişliça 567 ming 535 nafarni taşkil etdi», – dedi Aşurmatov.
Uşbu raqamlar faqatgina avtobuslar haqida ma’lumot bermoqda. Xöş, Toşkent metropolitenida qanday işlar qilinyapti? Vaholanki, tiqilinçlar şahar metrosida ham tez-tez kuzatiladi. Kun.uz mavzu borasidagi bir qança savollarga javob oliş uçun «Toşkent metropoliteni» DUK axborot xizmati rahbari Töyçi Mirzayev bilan suhbatlaşdi.
Töyçi Mirzayev, «Toşkent metropoliteni» DUK axborot xizmati rahbari
2022 yilda metroda qança nosozlik kuzatildi?
Dastlab yil davomida metroda kuzatilgan nosozliklar haqida ma’lumot berildi. Mirzayevning aytişiça, ötgan yili «Toşkent metropoliteni» DUK «Özbekiston temiryöllari» AJ tarkibida bölgani, örtaliqdagi taşkilot hisoblangani, qolaversa, matbuot xizmati ham bölmagani uçun 2021 yil statistikasi töliq yuritilmagan.
«Xalqlar döstligi» metro bekati yonida joylaşgan «Toşkent metropoliteni» DUK binosi
Mavzuga oid
2022 yildan esa doimiy hammasi kiritib borilgan. Unga köra, şu yil boşidan to 14 dekabrigaça poytaxt metropolitenida 19 ta nosozlik holati qayd etilgan. Bu nosozliklar metro poyezdlari harakatlanişi davomida yuzaga kelgan bölib, ularning aksariyati metro poyezdlari bilan boğliq texnik holatlarga töğri keladi.
Masalan, bu jarayonda elektr toki sabab poyezdlarning yoritiş qurilmalari avtomatik öçgani yoki poyezd eşiklariga bosim oşgani uçun yopilmay qolgani kabi holatlar köproq yuzaga kelgan.
Metrodagi tiqilinçlarni bartaraf etiş uçun nimalar qilinmoqda?
Ma’lum qilinişiça, poytaxt metropolitenida har kuni 550-590 ming nafar atrofida yölovçi taşiladi. Yaqinda havo keskin sovib, yerlarda muzlamalar hosil bölgani uçun 5 dekabr kuni 620 ming nafar yölovçi metrodan foydalangan.
«Poyezd vagonlari 200-250 kişiga möljallangan. Ammo eng maksimali 300 kişi deb belgilangani uçun hozirda şunça odam taşilmoqda. Tiqilinç böladigan vaqtlarda iloji boriça barça harakat tarkiblaridan foydalanib kelyapmiz.
Misol uçun, «Sergeli» liniyasidan kelaverişda, «Çilonzor» metro bekatidan keyin poyezd vagonlari tölib, odamlar çiqolmay qoladi. Şuning uçun «Olmazor» bekatidan boşlab «nulevoy» poyezd harakatini ham yölga qöyganmiz. Ya’ni şu bekatdan boşlab zaxira poyezdlarimiz böş bölib harakatlanişni boşlaydi.
Şuningdek, «Özbekiston» yönalişida tajriba-sinov tariqasida 5 ta vagonli 4 ta poyezd yölga qöyilgan. «Sergeli» yönalişidagi yerusti metro bekatlarida quriliş işlari hali yakunlanmagani uçun u yerdagi poyezdlarning vagonini köpaytirganimiz yöq. Şu işlar yakunlangaç, keyinçalik «Sergeli» — «Çilonzor» liniyasidagi poyezdlar vagoni ham 5 taga yetkaziladi», – deydi Mirzayev.
Uning qöşimça qilişiça, ayni vaqtda yana 6 ta vagon uçun «Toşkent yölovçi vagonlarni quriş va ta’mirlaş zavodi» AJga buyurtma berilgan, bu vagonlar kelgaç, 5 ta vagonli poyezdlar soni 10 taga yetkaziladi.
14 ta yangi poyezd olib kelinadi
Şu bilan birga, 2023 yil davomida «Toşkent metropoliteni» DUK 14 ta yangi harakat tarkiblarini olib kelişni rejalaştirmoqda. Ta’kidlanişiça, jami 56 ta vagonli bu yangi poyezdlar Rossiyaning «Metrovagonmaş» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bölib, unda 250-300 nafar yölovçi bemalol ketişi mumkin böladi.
Mas’ulning sözlariga köra, bu poyezdlar qaysi oyda, qança summaga olib kelinişi aniq emas, hozirda moliyaviy jihatlarini kelişiş jarayonlari ketmoqda.
«Bu işlar bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi. Yangi harakat tarkiblarini olib kelib, poyezdlar harakat intervalini 1,5 daqiqalargaça qisqartirişimiz mumkin.Hozirda tirband bölgan vaqtlarda «Çilonzor» yönalişida 2-2,5 daqiqa, «Özbekiston» yönalişida esa örta hisobda 3-4 daqiqa hamda «Yunusobod» yönalişida 6-7 daqiqa etib belgilangan.
2023 yilda yangi 14 ta 4 vagonli harakat tarkibini xarid qilganimizdan söng bu interval yanada qisqaradi. Bu albatta yönalişlardagi yölovçi oqimidan kelib çiqib belgilanadi.
Endilikda bir kelişda har bir vagonga 200-250 nafardan jami 800-1000 nafar emas, balki undan ham köproq odamni olib ketiş imkoniyati yaratiladi. Köp narsalar baribir moliyaviy jihatga borib taqaladi.
Biz DUK bölganimiz uçun deyarli barça xarajatlarimizni davlat qoplab beradi. Arzon jamoat transporti biz sarflayotgan elektr energiyasi, metroda işlayotgan 5 mingdan ziyod xodimni oylik bilan ta’minlaş bilan boğliq sarf-xarajatlarni qoplab berolmaydi. Bir oyda metropolitenning işlaşi uçun örtaça 3 mlrd söm mablağ sarflanadi. Çunki 825 voltda harakatlanadigan poyezdlarga, metro bekatlarini yoritiş qurilmalariga, qançadan qança akkumulyatorlarimizga hazilakam elektr toki ketmaydi», – deydi matbuot kotibi.
Şuningdek, uning aytişiça, metrolardagi tiqilinçlarni bartaraf etiş birgina metropolitenga boğliq emas. Bu jarayonda «Toşşahartransportxizmati» AJ ham jonbozlik körsatişi zarur.
«Metrodan foydalanayotganda özaro hurmat bölişini xohlardim»
Suhbat söngida Töyçi Mirzayev metro foydalanuvçilariga quyidagi iltimosnomani yetkazişni söradi:
«Metrodan foydalanayotganda özaro hurmat bölişini xohlardim. Imkoniyat darajasida tezroq tuşişga harakat qilişsa, tuşayotgan yölovçilarga çiqayotganlar yöl berişsa, yaxşi bölar edi. Maşinistga bitta bekatga töxtab, yölovçilarni tuşirib, yana boşqalarini ortişi uçun maksimal 20-30 soniya vaqt beriladi. Şu jarayonda intervalni buzmaslik kerak böladi. Agar yuqorida ta’kidlangan holat kuzatilsa, öz-özidan vaqt yöqotiladi, oqibatda esa poyezdlar intervali çöziladi. Bularning hammasi bir-biriga juda boğliq», – dedi u.