Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Turkmanistondan neft sotib olmoqchi
«O‘zbekneftgaz» va Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyalari o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
«O‘zbekneftgaz» joriy yilda Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda.
Toshkentda «O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyati va Petronas Çarigali delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu masala muhokama qilindi. Tomonlar yetkazib berish dasturini tayyorlashga kelishib oldi.
Petronas Çarigali Kaspiy dengizining Turkmaniston shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi. U Malayziyaning Petronas neft va gaz kompaniyasining shu’ba korxonasi hisoblanadi.
Avvalroq, O‘zbekiston va Turkmaniston birinchi marta uchinchi tomonning ishtirokisiz, faqat ikki tomonlama muzokaralar orqali qisqa muddatli gaz ta’minoti bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
09:11 / 22.05.2026