Financial Times naşri Özbekiston Yevropa Ittifoqini Alişer Usmonov va uning singlisiga nisbatan sanksiyalarni bekor qiliş uçun lobbi qilayotgani haqida yozmoqda.

«Usmonov fevral oyida Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirganidan söng Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga uçragan 26 nafar rossiyalikdan biri böldi. Ittifoq uni Rossiya prezidentining «sevimli oligarxlaridan» biri deb atagan. Uning singlisi Gulbahor Ismoilova ham Usmonovning 600 million dollarlik «Dilbar» yaxtasi kabi ayrim mol-mulklarining qonuniy egasi bölganligi sababli sanksiyaga tuşgan», – deb yozdi naşr.

Özaro muhokamalardan xabardor bölgan ikki manbaning aytişiça, Özbekiston rasmiylari Yevropa Ittifoqi bilan sönggi uçraşuvlarda sanksiyalar yuzasidan xavotirlarini bildirgan. Agar Yevropa Ittifoqi çeklovlarni olib taşlaş talablarini rad etsa, Özbekiston Usmonovga huquqiy yordam körsatişga tayyorligini aytgan.

«Toşkent milliarderga qarşi sanksiyalar, jumladan aktivlarini muzlatiş va sayohatni taqiqlaş Usmonov tuğilib ösgan Özbekistonga sarmoya kiritiş imkoniyatini çeklayotganini ta’kidlamoqda», – deb yozdi naşr.

Putin bosqinidan oldin uning 20 mlrd dollarga yaqin boyligi bölgan.

Usmonovning matbuot kotibi «Biz Özbekiston hukumatining xatti-harakatlarini izohlay olmaymiz, ammo sanksiyalar haqiqatan ham sarmoyaviy va xayriya loyihalariga tösqinlik qilmoqda», deya javob bergan naşr söroviga.

Yevropa Ittifoqining Usmonovga sanksiyalari

USM holding asosçisi, kelib çiqişi özbek bölgan rus milliarderi Alişer Usmonov Putin bosqinidan söng Yevropa Ittifoqining «qora röyxat»idan joy oldi.

Yevropa Ittifoqi Usmonovni moliyaviy oqimlarni saqlaş işonib topşirilgan rossiyalik işbilarmon-mansabdor şaxslar orasida Putinning «eng sevimli oligarxi» deb ta’riflagan. Bu «mavqe»ni kim egallaşi Putinning xohiş-istaklariga boğliq. Usmonov biznes muammolarini hal qilişda Putindan yordam olib kelişda gumonlanadi.

Usmonov temir rudasi va pölat işlab çiqariş, ommaviy axborot vositalari va internet kompaniyalarida uluşlarga ega. Eng katta holdingi – pölat giganti «Metalloinvest».

Kelib çiqişi özbekistonlik bölgan milliarder oxirgi yillarda Özbekistonda qator loyihalarga homiylik qilmoqda. Şuningdek, unga tegişli kompaniyalar sönggi vaqtlarda «Kapitalbank» va «Ohangaronsement» aksiyadoriga aylandi.