Bugun, 3 avgust kuni AOKAda Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida «Plakvenil» dori vositasi (ta'sir körsatuvçi modda – gidroksixloroxin) atrofidagi bahslar yuzasidan izoh söraldi.
Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Anvar Alimovning fikriça, gidroksixloroxin mavzusi – siyosiy masala.
«Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti «Plakvenil»ning koronavirusni davolaşdagi ta'sirini örganiş böyiça işçi guruh taşkil etdi. Ammo örganiş işlari oxirigaça yetkazilmadi, tekşiruvlar töxtatilgani, bu mavzuga yana qaytilişi haqida 3 iyun kuni ma'lumot berildi.

JSST davlatlarga Lancet jurnalida çop etilgan ma'lumotlarni asos sifatida davolaş protokollarini körib çiqinglar, deb tavsiya berdi. Bu «Plakvenil» mavzusining siyosiy masala ekanini körsatadi», – dedi Alimov.
Ştab a'zosi Habibullo Oqilov Özbekiston «Plakvenil» masalasida JSST tavsiyasiga emas, öz tajribasiga asoslanayotganini ta'kidladi.
«JSST – topşiriq beradigan taşkilot emas, u faqat tavsiya beruvçi taşkilot. Uning tavsiyalarini qabul qiliş-qilmaslik har bir davlatning öz ixtiyorida.

Özbekiston mart oyidan beri koronavirus bilan kuraşib, bu borada öz tajribasiga ega böldi. Şuning uçun boşqalarning tavsiyasiga emas, öz tajribasiga asoslansa böladi.
Özbekiston tajribasida «Plakvenil» işlayapti. Davolaş protokolining 6-versiyasi – hozir amal qilayotgan variantida ham «Plakvenil» bor. U faqatgina kasallikning boşlanğiç bosqiçida – dastlabki 3-5 kunda berilsa, öz samarasini körsatmoqda.
Şuningdek, bemor bilan muloqotda bölganlarga profilaktika sifatida «Plakvenil»dan haftasiga 2ta tabletka berilyapti. Bu ham protokolga kiritilgan», dedi u.
Oqilov Kun.uz muxbirining Özbekistonda 12 ming nafarga yaqin bemor «Plakvenil» bilan davolanib çiqqani aniq tadqiqotlarda öz isbotini topgan-topmagani xususidagi savoliga javob berdi.

















