“Hokim menga 2 yöl qoldirdi” - Minerva City atrofida nima bölyapti?
|00:57 / 29.11.202286 40314 min
Minerva City'ga yer ajratişda hokimliklar amaldagi tartibni buzgani sabab investorga berilgan hudud “klassik” usulda – prokuror arizasi va sud qarori bilan tortib olingan. Investor Murari Lal Jalan Kun.uz'ga bergan intervyusida yerning olib qöyilişini hokim talabini bajarmagani bilan boğlab tuşuntirdi.
Şu kunlarda “Minerva city” mijozlari norozi, mediamakonda investor firibgar degan miş-mişlar yuribdi. Xöş, Yangihayot tumanidagi bu yirik loyihada özi nimalar bölyapti? Fuqarolar çindan ham aldanganmi? Loyiha egasi ayrim naşrlar yozganidek qallobmi?
Boşidan boşlasak, özi nima bölgandi?
2018 yilning 28 sentabr kuni “MJ Developers” Özbekiston hukumati bilan 100 million dollarlik sarmoya şartnomasini imzolab, özining 4 ta yirik loyihasiga sarmoya kiritişni boşlagan. Dastlab Buxoroda 5 yulduzli mehmonxona qurilişi, keyinroq Namanganda “Namangan Square”, Toşkentda “Minerva city” aqlli şaharçalari hamda Bektemir tumanida “Lake City” sun’iy köli qurilişi boşlangan.
Ma’lum bölişiça, hozirda Buxoro va Namangandagi işlar muammosiz davom etmoqda.
Boşida poytaxtdagi qurilişlar ham bir maromda ketayotgandi. 2020 yilda Toşkentning Yangihayot tumanida 100 gektar hududda şoping va biznes markazlari, mehmonxonalar, turar joylar va yana qator binolardan iborat “Minerva city” nomli aqlli şaharça qurilişi start oldi.
“Minerva city” aqlli şaharça loyihasi
Loyihaning bir qismi hisoblangan xalqaro universitet binosining tamal toşini qöyiş marosimida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ham qatnaşib, loyiha barça uçun olamşumul bölişi, bu jarayonda sarmoyadorlarga har taraflama yordam berilişi va ularga imkoniyatlar oçib berilişini aytgandi.
Mavzuga oid
Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev va investor Murari Lal Jalan Minerva City'ga tamal toşi qöymoqda.
Oradan salkam 3 yil vaqt ötdi. Hududda turar joy majmualarining bir qismi bunyod etildi. Ammo hozirga kelib işlar töxtab qolgan.
Toşkent şahar Yangihayot tumanida töxtab qolgan quriliş / Foto: Kun.uz
Toşkent şahar Yangihayot tumanida töxtab qolgan quriliş / Foto: Kun.uz
Toşkent şahar Yangihayot tumanida töxtab qolgan quriliş / Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda turar joy majmualariga tölov qilgan ikki yuzdan ziyod fuqarolarning şikoyatlari tarqaldi. Ular xonadon kalitlarini hanuz olmagani, bergan pullari esa belgilangan muddat ötgan bölsa-da, qaytarilmaganidan norozi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan skrinşot
Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş va ba’zi savollarga javob topiş maqsadida “MJ Developers” kompaniyasi asosçisi, investor Murari Lal Jalan bilan suhbatlaşdi.
MJ Developers kompaniyasi asosçisi Murari Lal Jalan / Foto: Kun.uz
— Keling, dastlab Özbekistonga kelişingiz haqida gaplaşsak. Özbekistonda tadbirkorlik qilişga sizni nima yetakladi?
— Sönggi 30 yildan beri asosan MDH davlatlarida işlab kelyapman. Bilasizmi, Özbekiston haqida juda köp eşitgandim. 2018 yilda Özbekiston prezidenti Hindistonga rasmiy taşrif bilan borib, mamlakat boş vaziri Narendra Modi janoblari bilan uçraşgan. Öşanda turli masalalar böyiça muzokaralar olib borilgan. Şundan söng Özbekistonga 100 mln dollarlik sarmoya kiritiş maqsadida mamlakatlar örtasida asosiy bitim imzolandi.
Albatta, Özbekiston haqida bir qança taassurotim bor edi. 2017 yildan keyingi özgarişlarni körib, hatto biroz hayratlandim ham.
Qolaversa, Şavkat Mirziyoyevning Hindistonga qilgan taşrifi davomida elçixonamiz, hukumatimiz saytlarida Özbekistonga sarmoya kiritiş böyiça tavsiyalar berilgaç, şu yerga kelişga qaror qildim.
— Adaşmayotgan bölsak, “Minerva city” loyihasini amalga oşiriş boşlanayotganda boş vazir Abdulla Aripov, şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning şaxsan özlari sizni qöllab-quvvatlaşgan edi, töğrimi?
— Şubhasiz, ular bizni qöllab-quvvatlagan edi. Dastlab Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi tomonidan boş vazir bilan uçraşuv taşkil etildi va öşa uçraşuvda bizga Özbekistonda biror loyihani amalga oşiriş taklifi berildi. Bundan keyin biz Toşkent şahar hokimi bilan ham körişdik. Ularning qöllovidan söng memorandumlar imzolandi.
Bu jarayonda juda köp işlar bölib ötdi. Öşa samarali uçraşuvlarimizdan söng 2019 yilning 12 avgust kuni boş vazir tomonidan investitsiya muhitini yaxşilaş, xususan, “Minerva city”da aqlli şahrini quriş loyihasi böyiça 5-sonli işçi guruhi protokoli imzolandi.
“Minerva city” nomli aqlli şaharçani quriş loyihasi böyiça 5-sonli işçi guruhi protokoli
“Minerva city” nomli aqlli şaharçani quriş loyihasi böyiça 5-sonli işçi guruhi protokoli
Unga köra, hududda IT, tibbiyot va biznes markazlari, kutubxonalar, mehmonxona, golf-klub binosi, boğça va xorijiy maktablar kabi muassasalar qurilişi reja qilingan.
Xuddi şu yilning 29 avgustida yana bir investitsion şartnoma “Minerva World of Knowledge” MÇJ, Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Toşkent şahar hokimligi örtasida imzolangandi.
2019 yil avgust oyida imzolangan uç tomonlama investitsion şartnoma
Şartnomaga imzo çekkan tomonlar
Şuningdek, orada ötkazilgan boşqa uçraşuvda hokimiyatdagilar köndirganidan keyin, Rohat kölini rivojlantiriş loyihasini ham öz zimmamga oldim. Töğrisi, bu köp muhokamalarga sabab bölgan loyihaga unça qiziqmagan edim. Men tuşuntirdim, bu loyiha yetarliça rejalaştirilmagan yoki loyihalaştirilmagan. Bu borada murosaga keliş mumkin edi, çunki boşqa loyihalarni allaqaçon boşlagan edik.
Öşa yili 23 oktyabrda “Lake City Township” MÇJ, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Toşkent şahar hokimligi örtasida 397-sonli investitsiya şartnomasi imzolangan. Unga köra, loyihada Bektemir tumanida akvapark, basseynlar, köngiloçar majmualar, restoran, şifoxona, mehmonxona, dökonlar hamda şu kabi binolar qurilişi kelişib olingan.
“Lake city” loyihasi böyiça imzolangan uç tomonlama investitsion şartnoma
Şartnomaga imzo çekkan tomonlar
Investitsion şartnoma böyiça imzolangan yana bir qöşimça kelişuv
Qöşimça kelişuvga imzo çekkan tomonlar
— Loyiha boşida boş vazir va hokimning sizga nisbatan munosabati qanday bölgan va hozirga kelib bu munosabat nima sabab özgarib qoldi?
— Ana endi nima uçun munosabatlar özgargani haqida gapirsak. Bir neça oy ötdi, lekin “Minerva city” va “Lake City” loyihalari uçun töliq boş rejani tasdiqlata olmadik. Men bu borada Toşkent şahar hokimi bilan uçraşib olişni söradim, ammo hokim bu taklifni rad etdi. Şundan keyin kutilmaganda prokuratura, ekologiya, yonğin xavfsizligi boşqarmalari kabi davlat idoralari xodimlari quruvçilarning işiga xalal bera boşlaşdi.
Eng yirik quriliş kompaniyalaridan biri bilan muzokaralarni yakunlab, endi şartnoma imzolaymiz deganimizda, ular birdaniga bundan voz keçişdi. Bilsak, Toşkent şahar hokimiyati ularga biz bilan şartnoma imzolamaslikni maslahat bergan ekan. Şahar hokimiyati nafaqat quriliş taşkilotlari, balki qator davlat idoralariga ham tez-tez tekşiruvlar ötkaziş böyiça körsatmalar beribdi. Hokim bilan uçraşiş borasidagi barça sörovlarimiz esa rad etildi.
2021 yil mart oyida şahar hokimi meni çaqirib, qöpol muomala qildi. Menga 2 ta yöl qoldirişdi: yo loyihalarimdan birini, masalan, “Lake City”ni amalga oşirişdan rasman voz keçişim, yo 100 million dollarni bankka joylaşim kerak edi (depozit sifatida – tahr.). Men hokimga kelişuvdan taşqari heç kim yangi talablar qöymasligini, tadbirkor sifatida 7 yil içida sarflanişi kerak bölgan pulni kimningdir hojati uçun oldindan joylaştiriş qiyinligini tuşuntirdim.
Ammo hokim agar öz xohişim bilan şu işdan birini qilmasam, “Minerva city”ni ham, qolgan barça loyihalarim ham olib qöyilişini va Özbekistonda kun keçirişim qiyin bölişini aytdi. Boşida şartnomani imzolayotganimizda, barça kelişuvga amal qilinişi va majburiyatlar bajarilişi va’da qilgandi, endi esa hokim bu mamlakatda şartnomalar heç qanday rol öynamasligini ta’kidlamoqda.
— “Minerva city” loyihasiga qança pul sarflangan? Şundan qançasi öz investitsiyangiz va qançasi uy-joy uçun odamlardan olingan pullar?
— Loyiha uçun kiritgan jami sarmoyamiz salkam 30 mln dollarni, xaridorlardan tuşgan mablağ esa 4,8 mln dollarni taşkil etadi. Va bunda barça arxitektorlarga, konsalting xizmatlariga tölangan summalar kiritilmagan. Umuman olganda, biz tomonimizdan “Minerva city” va “Lake City” loyihalariga 34 mln dollardan ortiq investitsiya kiritilgan.
Bu jarayonda Özbekistondagi heç qaysi bankdan kredit olinmagan.
— Ijtimoiy tarmoqlarda köplab fuqarolar hanuz “Minerva city”dan uy olişolmagani yoki pullarini qaytarişmagani böyiça norozilik bilan çiqişdi. Bu muammoni hal qiliş sizga boğliqmi?
— Ijtimoiy tarmoqlarda turli videolar bilan çiqayotgan fuqarolarning xavotirlarini albatta tuşunamiz, ular kiritgan mablağlariga kuyib qolişdan, umidlari sönişidan qörqişmoqda. Bu borada kompaniyamiz xaridorlar bilan suhbatlaşib, 3 oy muddatda ularga mablağlarini qaytariş böyiça kelişuv qilişdi. Töğri, muammo hal bölib qolgani yöq, lekin biz pullarni qaytarişda davom etyapmiz.
Ammo bu loyihalar töxtaydi, jarayon davom etmaydi degani emas. Biz Özbekiston prezidentining siyosatiga işonamiz va umid qilamizki, muhtaram prezident men kabi investorlarni qöllab-quvvatlab, loyihani amalga oşirişimizda yordam beradi. Hatto işonçim komilki, janob prezident bu vaziyatni özgartira oladi va xaridorlarimiz bu uylarni olişida muammo bölmaydi. Ularning yordamidan umidvormiz.
Şuni ham ma’lum qilamiz, “Minerva city”dagi köplab xonadonlar tayyor bölib qoldi.
— Turli naşrlar siz haqingizda salbiy xabarlar yozmoqda, göyoki Murari Lal Jalan bir neçta davlatda jinoyat sodir etib, qidiruvga berilgan. Bu gaplarga qanday izoh berasiz?
— Men dunyodagi biror mamlakatda qidirilayotganim yöq. OAV qanday qilib bu haqda gapirmoqda va bu xabarni qayerdan olişdi, bilmayman. Haqiqatan ham qidirilayotgan bölganimda, jinoyat sodir etganimda Özbekistonning qat’iy qonunçiligi sabab allaqaçon uşlangan bölar edim. Mobodo, biz tarafdan qandaydir xatolik ötgan taqdirda Özbekiston Respublikasi tomonidan çoralar körilgan bölar edi.
— Aka-uka Guptalarga aloqasi bor degan gaplarga qanday javob berasiz? Boisi Guptalar köplab davlatlarda korrupsiya bilan boğliq jinoyatlar qilişda aybdor deb topilgan va hozirda qidiruvga berilgan ekan. Bu borada nima deya olasiz?
— Xöp, bu haqda bilganimça gapirib beraman. Körib turganingizdek, hind naşri ham bu xabarni özi aniqlab bergan emas, balki ğarb OAVlaridan olişmoqda. Va men bunga batafsil töxtalmoqçi emasman.
Qolaversa, şuni bilamanki, bu yerdagi barça gaplar ham töğri emas. Çunki barça xalqaro naşrlar: öşa ğarbda ham, hindlarda ham bir-biriga qarama-qarşi bölgan xabarlar berilyapti. Bittasi bunday desa, ikkinçisi umuman boşqa gapni aytyapti. Şuning uçun bularga işonib qoliş kerak emas.
Bundan taşqari, aka-uka Guptalarning meni loyihalarimga umuman aloqasi yöq. Ularning qarindoşlari orasidan bizga kelin yoki kuyov bölib tuşganlar bor, xolos. Qarindoşligimiz şunda, ular bilan boşqa heç qanday aloqamiz yöq. Biznes borasida ham yaqin emasmiz. Men barça sarmoyani bankdagi hisobraqamimdan sarflaganman. Va bu hisobraqamim Dubayda joylaşgan.
Investor manfaatlari himoya qilinmayotgani aytilmoqda
Minerva City loyihasi uçun 100 gektar yerni Toşkent viloyati va Zangiota tumani hokimlari ajratib bergan. Oradan ma’lum vaqt ötgaç, Toşkent viloyati prokurori sudga da’vo kiritib, unumdor qişloq xöjaligi yerlari qonunçilik talablariga zid ajratilganini bildirgan va yer ajratiş töğrisidagi qarorlarni bekor qilişni söragan. Sud bu talabni qanoatlantirgan; keyingi instansiyalarda, xususan Oliy sudda ham dastlabki sud qarori özgarişsiz qoldirilgan.
MJ Developers kompaniyasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, nafaqat “Minerva city”, balki “Lake city” loyihasi töxtatilişiga ham quriliş uçun yer ajratiş töğrisidagi qarorlar bekor qilingani sabab bölgan. Kompaniyaning hisoblaşiça, har ikkala loyiha böyiça ham uç tomonlama şartnomalarda quriliş uçun möljallangan yerlar xaritasi va manzillari aniq körsatilganiga qaramay, qarorlarni notöğri çiqariş yoki noqonuniy bekor qiliş orqali investor manfaatlari va uning Özbekistonga kiritayotgan investitsiyasi himoya qilinmayapti.
Kompaniya huquqşunosining aytişiça, mazkur jarayon 2019 yilda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati töğrisida”gi qonunning 19-moddasi (Qonunçilikning investor uçun noqulay özgarişlariga qarşi kafolatlar) buzilişiga olib kelmoqda. Investor tomoni sudlarda iş uçun ahamiyatli holatlar töliq örganilmaganini da’vo qilmoqda.
Şuningdek, huquqşunosning qöşimça qilişiça, “Minerva City” turar joylari uçun tölov qilgan 200 nafardan ziyod fuqarolar bilan kompaniya örtasida tuzilgan asosiy şartnomalarga köra, uluşdorlarga şu yil dekabr oyida va keyingi yil yanvar-fevral oylaridan boşlab xonadonlar topşirilişiga kelişilgan. Ammo investorga boğliq bölmagan muammo tösatdan paydo bölgandan söng, kompaniya bölayotgan muammolar haqida mijozlarni oldindan boxabar qiliş maqsadida ularni boş sotuv ofisiga çaqirgan va pullarini qaytarib beriş böyiça kelişuvga erişişgan.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tahririyatdan: Kun.uz investor tomonidan ayblov ilgari surilgan rasmiy şaxslarning nuqtayi nazarini ham taqdim etişga tayyorligini bildiradi.