Senator katta yöllar böyidagi patrul postlarining har biri kriminalning uyasi ekani, noqonuniy postlar borligi haqida gapirdi. Uning aytişiça, yöl böylarida «Stop» belgisini qöyişda noqonuniyliklar kuzatilmoqda.

«Belgini faqatgina favqulodda vaziyatlarda qöyiş kerak. Kunduzi hamma belgilarni olib taşlaydi. Keyin keçqurun yana qayta qöyib olyapti. Har bitta patrul posti kriminalning uyasi. «Stop» belgilarini «karmannyy» qilib olişgan. Bayram oldi profilaktika işlari uçun qöyganmiz, deyişadi. Bayram uçun belgi bir oy oldin qöyilmaydi. Qonuniy tartibda taşkil etilgan postlarning har birida fotonazorat, talab etiladigan kuzatuv moslamalari bölişi şart», deya Farrux Dadaxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qömita raisi ayniqsa Farğona ─ Toşkent oraliği yöl belgilari va postlarini qat'iy nazoratga oliş lozimligini ta'kidladi.

Bundan avvalroq viloyatlardagi ayrim yöl patrul-postlar faoliyati qayta tiklangan, IIV bu vaqtinçalikka ekanini ma'lum qilgandi.