Bugun, 21 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida Kun.uz saytida e'lon qilingan turkum materiallar dinşunoslik ekspertizasidan ötkazilmaganligi bilan boğliq ma'muriy iş körib çiqildi.
Ma'lum bölişiça, Içki işlar vazirligi terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan internet-monitoring kuzatuv tadbirlari davomida Kun.uz sayti tomonidan diniy mazmundagi maqolalar joylaştirib kelingani aniqlangan.
Monitoringda aniqlangan quyidagi materiallar IIV xodimlarining gumoniga sabab bölgan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaga ekspertiza ötkaziş uçun yuborilgan:
1. 2021 yilning 17 aprel kuni naşr qilingan «Inson qayerda yaşayotgan bölsa, öşa joyning vaqti böyiça röza tutadi. Ramazonga doir savol-javoblar» sarlavhali intervyu (Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan);
2. 2021 yil 16 aprel kuni naşr qilingan «Özbekistonda eng katta bölişi kutilayotgan «Islomobod» jome masjidi qurilişiga hissa qöşing» sarlavhali masjid xayriyasi;
3. 2021 yil 12 aprel kuni naşr qilingan «Oylar sultoni - Mohi Ramazon muborak!» sarlavhali xabar (tahririyatning Ramazon oyi kirib kelişi munosabati bilan musulmonlarga yöllagan tabrigi);
4. 2021 yil 12 aprel kuni naşr qilingan «Röza kimlar uçun farz, kimlarga yengillik berilgan? — Ramazonga doir savol-javoblar» sarlavhali intervyu (Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan);












