Avvalo ta'kidlaş joiz, biz har ikkisini töğon deb ataydigan plotina va dambalarning bir-biridan farqi bor. Dambalar (töğonlarga köproq yaqin) odatda katta bosimni jilovlaşga emas, suvni yönaltiriş va hududni suv bosişdan saqlaşga, jumladan daryolar suvlarini boşqarişga xizmat qiladi.

Plotinalar esa odatda suv omborlari uçun, aynan yuqori bosimni boşqariş, suvni inson belgilagan darajaga kötariş, zarur bölganda taqsimlab beriş va köp hollarda elektr energiya oliş uçun qöllaniladi. «Sardoba» suv omboridagi holat ham aynan plotina buzilişidir.

Vayont plotinasidagi dahşat (Italiya)

Italiyada keçgan bu falokatni hali-hanuz yaxşi eslaşadi. Belluno muzofotidagi Vayont daryosi ustida 1961 yilda qurilgan arkasimon beton plotina balandligi 261,6 metrga teng edi.

1963 yilning 9 oktyabrida, tungi soat 22:39da insoniyat tarixidagi eng yirik avariyalardan biri sodir böldi. Suv ombori «kosa»siga 45 soniya içida 200-300 metr kub hajmdagi toğ massalari qulab tuşdi va 150-250 metr balandlikdagi tölqin hosil qilib, 50 mln metr kub suv katta tezlikda otilib çiqişiga sabab böldi.

Suv oqimi 8-12 m/s tezlikda va 90 metr balandlikda şiddat bilan yoyiladi, atigi 4 daqiqa içida yon atrofni vayron qiladi.

Turli ma'lumotlarga qaraganda, falokat natijasida 2500-3000 odam halok bölgan.

Avliyo Fransisk töğonidagi fojyea (AQŞ)

Foto: Los Angeles Times

Avliyo Fransisk (Sent-Frensis) plotinasi arkali-gravitatsion qurilma bölib, Los-Anjyeles şahrini suv bilan ta'minlaş maqsadida 1924-1926 yillarda qurilgandi.

Balandligi 59 m, siğimi 47 mln. metr kub bölgan bu qurilma barpo etilganidan ikki yil ötib, 1928 yilning 12 martida öpirilib ketdi. Fojia oqibatida 431 kişi qurbon böldi