Ko‘kdala tumaniga prokuror, soliq va IIBga boshliq tayinlandi
Yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanining to‘rtligi tasdiqlangan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumaniga prokuror, davlat soliq inspeksiyasi va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tayinlangan.
Jumladan, Bahrom Bo‘tayev tuman prokurori lavozimiga tayinlangan. B.Bo‘tayev 1985 yilda Qamashi tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovgacha u Shahrisabz shahar prokurori lavozimida ishlagan.
Sherzod Shokirov tuman IIB boshlig‘i etib tayinlangan. Sh.Shokirov 1980 yilda Koson tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovgacha Sh.Shokirov Nishon tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Faxriddin Muhammadiyev tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan. F. Muhammadiyev 1972 yilda Kitob tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovgacha u viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 aprel kuni Ko‘kdala tumaniga hokim tayinlandi. Avval Chiroqchi tumani hokimi vazifasida ishlagan Xurram Jo‘rayev Ko‘kdala tumani hokimi etib tayinlandi. Uning o‘rniga viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev Chiroqchi tumani hokimi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 2021 yil oktyabr oyida prezident Qashqadaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda Chiroqchi tumanining aholisi ko‘pligi va hududi kattaligini inobatga olib, tumanni ikkiga bo‘lish va uning bir qismida Ko‘kdala tumanini tashkil etish taklifini bildirgandi.
2022 yil 17 mart kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisida senatorlar Chiroqchi tumanining chegaralarini o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan va uning tegishli qarori qabul qilingandi.
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Jahon | 00:37
-
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Jahon | 00:00
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46 / 30.03.2025
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38 / 30.03.2025
Mavzuga oid

21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

14:50 / 14.09.2024
Qashqadaryoda soliqchilar restoranda qarzga yeb-ichib, keyin tadbirkorni tekshirgani va qamatib yuborgani aytilmoqda

11:16 / 15.08.2024
Qashqadaryoda gazballon portlashi ortidan bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan talaba ozodlikdan mahrum etildi

10:36 / 14.04.2024