Uning örniga Toşkent şahar hokimining endilikda sobiq birinçi örinbosari Davron Hidoyatov Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

Bugun, 30 yanvar kuni, Toşkent viloyati xalq deputatlari Kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Unda boş vazir Abdulla Aripov ham qatnaşgan. Yiğiliş davomida viloyat hokimi Rustam Xolmatov işdan olingan.

Rustam Xolmatov 2019 yil 4 iyundan Toşkent viloyati hokimi vazifasida işlab kelayotgandi.

Davron Hidoyatov /Foto: Toşkent viloyati hokimligi

Yiğilişda 2018 yildan buyon Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelgan Davron Hidoyatov Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Davron Hidoyatov (1976 yilda tuğilgan) — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va Özbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvçisi. 1996−2004 yillarda Özbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boşqaruvi raisi lavozimida işlagan.

2009 yildan 2012 yilgaça GM Uzbekistan kompaniyasining moliya böyiça ijroçi direktori, 2012 yildan 2014 yilgaça MAN Auto-Uzbekistan QK boş direktori lavozimlarida xizmat qilgan.

2014 yildan Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi sifatida işlagan Hidoyatov 2017 yilning aprelida lavozimdan olinib, Çilonzor tumani hokimligiga tuşirilgandi. 2018 yil oktyabrida esa Toşkent şahri hokimiga arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosar bölgandi.

Oldinroq Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Hidoyatov örniga Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari bölgani xabar qilingandi.