23 yanvar kuni Energetika vazirligi ötkazgan nazorat tadbirlari davomida 109ta tadbirkorlik sub’yektiga tegişli xususiy AYoQŞlarda bir qator qoidabuzarliklarga yöl qöyilgani aniqlangan. Bu qoidabuzarliklar narxni asossiz oşirib sotiş, kamomadga yöl qöyiş, sifatsiz mahsulot tarqatiş, kam quyiş va boşqa holatlar bilan boğliq.
Vazirlik “Özbekneftgaz”ga qaraşli barça AYoQŞlarda AI-80 markali avtobenzinning 1 litri 5700 sömdan sotilayotganini qöşimça qilgan.
“[Qoidabuzarlar soni] Andijon viloyatida 4 ta, Buxoro viloyatida 8 ta, Jizzax viloyatida 4 ta, Qaşqadaryo viloyatida 19 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 5 ta, Namangan viloyatida 4 ta, Samarqand viloyatida 26 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Toşkent viloyatida 5 ta, Toşkent şahrida 7 ta, Farğona viloyatida 22 ta hamda Xorazm viloyatida 4 tani taşkil qiladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lum qilinişiça, qoidabuzarlik aniqlangan tadbirkorlik sub’yektlariga kamçiliklarni bartaraf etgunga qadar birja savdolari orqali AI-80 rusumli avtobenzin xarid qilişga çeklovlar örnatilgan.
Şuningdek, yöl qöyilgan qonunbuziliş holatlariga huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan huquqiy baho berilayotgani aytilgan.
Vazirlik xususiy AYoQŞ faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlardan narxlarni sun’iy ravişda oşirmaslik, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan töğri sotişni söragan.
“Bu – iste’molçini jazolaş”
Iqtisodçi Otabek Bakirov metan bilan boğliq qat’iy çeklovlar amal qilayotgan bir şaroitda benzin savdosi bilan şuğullanadigan AYoQŞlarning yopilişi xato ekanini ta’kidladi.
“Çunki özi busiz ham juda köp hududlarimizda benzin sotuvçi AYoQŞlar juda kam. Ayrim tumanlarda bitta yo ikkita AYoQŞ faoliyat körsatadi. E’tibor qiling, Samarqand viloyatida naq 26ta, Farğona viloyatida esa 22ta AYoQŞga benzin yetkaziş töxtatilgan. Viloyatlar qirqimida aniq statistika yöq, lekin kuzatişlarimga köra, kamida mazkur viloyatlardagi AYoQŞlarning uçdan birini taşkil etişi mumkin. Balki ayrim tumanlarda işlaydigan birorta AYoQŞ ham qolmagan bölişi ehtimoldan xoli emas”, – deydi u.
U jazo şakli boşqaçaroq, balki moliyaviy bölişi kerak va bu jazo AYoQŞ faoliyati töxtab qolişi oqibatlarini yaratmasligi zarurligini qöşimça qilgan.

















