Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisining yana bir örinbosari tayinlandi. Bu haqda boş vazir Abdulla Aripov tomonidan 2019 yil 7 sentabr kuni imzolangan qarorda aytiladi.

Hujjat bilan Dilbar Muhamedxonovna Ğulomova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari lavozimini egalladi.

Dilbar Muhamedxonovna Ğulomova

Dilbar Ğulomova 1995 yildan Özbekiston xotin-qizlar qömitasining raisi bölib işlagan, 2000 yilda Oliy Majlis sessiyasida Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari — Özbekiston xotin-qizlar qömitasining raisi etib tasdiqlangan. Har ikki lavozimni 2004 yilga qadar egallagan. 1999-2004 yillarda Oliy Majlis deputati bölgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita har bir şaxsning vijdon va diniy e'tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bölgan munosabatidan qat'i nazar tengligini ta'minlaş, şuningdek diniy taşkilotlar faoliyati bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş sohasidagi vazifalarni hal etiş vakolati berilgan davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

Avvalroq, prezident qarori bilan Din işlari böyiça qömitaning yangilangan asosiy vazifalari belgilangandi.

Undan oldin, Din işlari böyiça qömita rahbariyati işdan olingani xabar berilgandi. Şundan söng, Abduğofur Ahmedov qömitaning yangi raisi, Dilşod Eşnayev qömita raisining örinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi direktori lavozimini egalladi.